gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: Maktabimizda 2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha “Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri munosabati bilan yig`ilish o`tkazildi

24-02-2015, 00:00
Maktabda  2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha "Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri bo`yicha o`tkazilgan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilish raisi:     Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori : Sh. Jumatov

Yig`ilish kotibi: 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori o`rinbosari: B. Kenjayev.

Yig`ilishda qatnashdi:  Gurlan tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori,serjant D. Gulbayev, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, 19 nafar o`qituvchi, 9 nafar ishchi-xizmatchi,  jami 30 nafar  kishi qatnashdi.     

Yangiliklar :: Bilimlar bellashuvi

10-02-2015, 00:00
Maktabimizda "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichiga puxta tayyorgarlik ko`rilmoqda. Har ikki haftada maktabda barcha fanlardan  "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichiga tayyorgarlik  sinov bosqichlari o`tkazilmoqda. Bunda maktabdagi 5-8-sinf o`quvchilarining har biri qaysidir fandan ushbu loyihada qatnashmoqda. 

Yangiliklar :: "Oyning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovi

26-12-2014, 00:00

Maktabimizning 3 nafar o`qituvchisi dekabr oyi "Oyning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik tanlovi tuman bosqichida I - o`rinni egallab, viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdilari. Rus tili fani o`qituvchisi Bazarboyeva Zulfiya ushbu tanlovda faol ishtirok etgan bo`lsa, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Xayitboyeva Mohira II-o`rinni, mehnat ta'limi fani o`qituvchisi O'razmetova  Zaynab III-o`rinni egalladi va viloyat xalq ta'limi boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Ularni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida omad tilaymiz.  

Yangiliklar :: SEMINAR yoxud TAJRIBA ALMASHISH,O`RGANISH

23-12-2014, 00:00

Gurlan tumanidagi  41–umumiy o`rta ta’lim maktabi jamoasi 2014-yilning 23 - dekabr kuni maktabda boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun  seminar tashkil qildi. Unda tuman XTMFMTTEB  metodisti Rayhon Xo`janiyozova, tajribali, yosh hamda mahoratli  o`qituvchilar ishtirok etdi. Seminarda maxsus kun tartibi belgilab olindi. Shu tartib bo`yicha trening olib borildi.  Seminar "Zamonaviy ko`rgazmali qurollar, ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o`tishni  o`rgatish va o`rganish” mavzusida bo`lib o`tadi. Unda "Mahorat maktabi” dasturi va uning amaldagi ko`rinishi; "O`rgan- o`rgat” tadbirining ta`lim jarayonidagi ahamiyati; o`qituvchi odobi va kiyinishi; ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o`rni va undan boshlang`ich sinflarda foydalanish haqidagi masalalarga chuqurroq to`xtaldi. Bularning amaliy isbotini bilish maqsadida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining dars jarayoni kuzatildi.

Yangiliklar :: Mukofot muborak !

1-10-2014, 00:00
 
 
Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Rajapov Qudrat "O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi" nishoni bilan taqdirlandi.
Butun maktab jamoasi nomidan uni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz!
 
Назад 1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]