gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Kamalak sadosi :: "Kamalak” bolalar tashkiloti

25-06-2014, 14:56

 

KUCH-BILIM VA TAFAKKURDA
 KAMALAK SADOSI

 


Oynoma 2014-yil 10-martdan chiqa boshlagan 41-umumiy o’rta ta’lim maktabi bolalar va o’smirlar oynomasi.
2014-yil 10- mart N: 2


O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti

Nizomi

1.Umumiy qoidalar

1.1. O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida ish yuritadigan Bolalar tashkiloti yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida yuksak ma’naviyat,sog’lom,bilimdon qilib tarbiyalovchi bolalar tomonidan tuzilgan jamoa tashkiloti hisoblanadi.

1.2. Tashkilot bolalarning ixtiyoriy ravishda uyushgan,mustaqil,demokratik qoidalari asosida faoliyat ko’rsatadigan ommaviy tashkilotdir.

1.3. Tashkilot o’z ishini O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida amalga oshiradi.

1.4. Tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchigi,”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nizomi, bolalar huquqlari haqida Xalqaro konvensiya hamda ushbu Nizomga muvofiq Respublikaning barcha hududlarida, mehribonlik uylarida doimiy va yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida (mavsumiy) amalga oshiradi.

1.5. Tashkilot o’z ish jarayonida Respublikada va xalqaro miqyosdagi jamoat tashkilotlari, bolalar birlashmalari, respublika vazirliklari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish va ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega.

1.6. Tashkilot rayosati yuridik shaxs maqomiga hamda tashkilot nomi va ramziy belgisi aks ettirgan muhrga, bank hisob raqamlariga ega bo’ladi.

1.7. Tashkilotning bosh shiori: " Vatan, do’stlik va xalqparvarlik uchun!”.

 

KAMALAK FAOLLARI

Jumaboyeva Lobar. Maktabning 6-sinfida o’qiydi. Sinfning eng faol o’quvchilaridan biri, sinfdoshlari orasida hurmat-e’tiborga ega. "Kamalak” bolalar tashkiloti "Mehr-sahovat” yo’nalishi sardori. Ingliz tili, ona tili va adabiyoti,matematika fanlariga qiziqadi. Bo’sh vaqtlarida ingliz tilini o’rganish va she’r yozish bilan shug’ullanib turadi. Bundan tashqari darsdan bo’sh paytlarida tengdoshlari hamda boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birgalikda "Muruvvat ko’ngillilari” deb nomlangan to’garak ishini boshqarib bormoqda. Bu ishlari orqali u o’quvchilarni kam ta’minlangan oila farzandlari, yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o’quvchilar bilan ishlash keksa va nafaqadagi faxriylar holidan xabar olishga undamoqda

                                                     


Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]