gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Maktab nizomi

Gurlan tuman 41-son umumiy o'rta ta'lim maktabning 
NIZOMI


I.UMUMIY QOIDALAR

1.1.Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (bundan keyin matnda maktab) O‘zbekiton Respublikasi Konstitutsiyasi , "Ta’lim to‘g‘risida”, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari,qarorlari ,jumladan 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli "Xalq ta’limi   muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli "Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ,O‘zbeiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-sonli hamda 2004 yil 9 iyuldagi "2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 321-sonli, 2005 yil 21dekabrdagi "Xalq ta’limi hodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimigi tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli, 2007 yil 30 martdagi "Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarin amalga oshirish to‘g‘risida”gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo‘lib,o‘z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga,Hukumatning,Xalq ta’limi vazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror,farmoyish,buyruq va ko‘rsatmalariga va mazkur Ustavga amal qiladi. 
1.2.Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,u o‘quvchi yoshlarga  I-IX sinf hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta’’lim muassasasidir.
1.3.Maktab xalq ta’limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga,shtampiga,g‘aznachilik bo‘limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga ega bo‘ladi.
1.4.Maktab umumiy o‘rta ta’lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiya qilish natijasiga ko‘ra davlat test markazi huzuridagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va attestatsiya boshqarmasi o‘tkazgan attestatsiya natijalariga ko‘ra xalq ta’limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta’limning bir turidan boshqa turiga o‘zgartirilishi mumkin .
1.5.Maktab Xorazm viloyati,Gurlan tumani, Birlashgan qishlog‘ida joylashgan.


II. MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI

2.1. Maktabning asosiy maqsadi o‘quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq   
       o‘qitish va tarbiyalash,shaxsni ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini   
        ro‘yobga chiqarishdan iborat.
2.2.Ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va  
dasturlari  asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi,ulardagi tashkilotchilik qobilyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko‘maklashadi.
2.3.Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini  
        ko‘zlagan holda amalga oshiriladi,o‘quvchilarni har tomonlama kamol topishi  
        uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi,shu jumladan o‘quvchilarning o‘z ustida  
        mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
2.4.Bola huquqlarini ta’minlash,uning qadr-qiymatini e’zozlash,bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir.
2.5.Maktabning asosiy vazifalari:
        o‘quvchinig qaysi millatga,dinga,irqga mansubligidan,ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar umumiy o‘rta ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
        ta’limning uzluksizligini ,izchilligini.insonparvarligi va demokratikligini. ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlaydi;
        iste’dodli, qobilyatli, bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi, rag‘batlantiradi.
        o‘quvchilarga puxta bilim va ko‘nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni tashkil etiladi;
        o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
        o‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga(bayrog‘i, madhiyasi va gerbi)hurmatni, qat’iy intizom va Fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi.
2.6.Maktablarda sifatli umumiy o‘rta ta’lim berish asosida quyidagi pirovard
 natijalarga erishiladi:
        bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta biladigan shaxs sifatida kamol toptirish;
ahloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o‘zining fikriga ega, tashabbuskor sog‘lom avlodni etkazib berish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchilarni o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir. 

III. MAKTAB TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH

3.1.Maktabdagi ta’lim jarayonit umumta’lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich ta’lim I-IV sinflar 
b) umumiy o‘rta ta’lim  I-IX sinflar
3.2.   Boshlang‘ich ta’lim:
 O‘quvchilarning o‘qish,yozish,hisoblashga oid dastlabki bilim-ko‘nikmalarni ,nazariy fikrlash elementlarini , nutq va hulq madaniy asoslarini shakllantiradi,shaxsiy gigiena va sog‘lom tumush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3.3.1-sinfga 7yoshli o‘g‘il qizlar to‘la va 6-yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor,tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik hizmat ko‘rigidan o‘tgan bolalar xalq ta’limi bo‘limidagi tashxis komissiyasining hulsasiga binoan qabul qilinadi.Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3.4.Maktab ta’limi O‘zbekiston Respublikasi XTV tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari muvofiq amalga oshiriladi;
3.5.Maktabdagi ta’lim tili O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida”gi va "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq belgilanadi.Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning hohishistaklari inobatga olinadi.
3.6.Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o‘quv dastirini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun boshlang‘ich va V-IX sinflarda pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (korrektsiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hakazo),ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun mahsus sinflar hamda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
3.7.Maktab o‘quvchilariga tibbiy hizmat ko‘rsatish , maxsus biriktirilgan tibbiy hodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy hodim  ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog‘ligi uchun mas’uldir.
3.8.Maktabda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish, yakuniy attestatsiyalarni o‘tkazish Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (nizom, yo‘riqnoma)ga  asosan  amalga  oshiriladi.
3.9.O‘quvchilarni tibbiy komissiya hulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko‘chirish yoki yakuniy atestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shma buyrug‘iga asosan hal etiladi.
3.10.O‘quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning berish tartibi , yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibdan istisnolar Xalq ta’limi vaziligi tomonidan belgilanadi.
3.11.Maktabning yakuniy attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
3.12.Maktab o‘z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I-IX  sinflarda o‘qishi lozim bo‘lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to‘liq jalb etishni  amalga oshiradi.
3.13.Maktablardagi darsning o‘quv choragi va o‘quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar bo‘yicha darslar jadvali, inflarning to‘ldirilishi va o‘quvchilarga beriladigan o‘quv yuklamalari umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
3.14.Maktablarda o‘quv yili 1 sentyabrdan boshlanadi va 31 avgustda tugaydi. O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari 2 sentyabrda boshlanadi va 25 mayda tugaydi.
3.15.O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo‘linadi, ularning boshlanishi va oxiri o‘quv rejasi bilan belgilanadi, O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari amaliy mashg‘ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta,1-sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyinig ikkinchi o‘n kunligida bir hafta ta’til beriladi. 
O‘quv yili davomida kuzgi,qishki,bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar kuni qilib belgilanadi va Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i (tayanch o‘quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi.
Yozngi ta’til o‘quv yili mashg‘ulotlari (imtihonlari) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.
3.16.Maktabda o‘quv ishlari va mashg‘ulotlari bayram kunlari o‘tkazilmaydi.
1 yanvar   -  Yangi yil
8 mart     -  Xotin-qizlar kuni
21 mart    - Navro‘z bayrami
9 may       -  Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr – Mustaqillik kuni
1 oktyabr  -   O‘qituvchilar va murabbiylar kuni
8 dekabr  -   Konstitutsiya kuni
Ramazon va Qurbon Hayiti bayramlarining 1-kuni.
3.17.Kundalik  o‘quv mashg‘ulotlari soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi.Darslar  orasida tanaffuslarning davom etishi o‘quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanovul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3.18.Birinchi sinf o‘quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas.II-IX  sinf o‘quvchilariga pedagogik talablar va hra bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi.
3.19.Maktab o‘quvchilarining bilimlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
3.20.Maktablar uchun iqtidorli bolalarni izlash , tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari maxsus, shu jumladan mualliflik (variativ) o‘quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta’lim olishlari mumkin.
3.21.Maktablardagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalar hohish istaklarini, o‘quvchilarni qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.



IV. O‘QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI 

4.1.O‘quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
-davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy ta’lim olish;
-o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi,vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
-ta’lim  muassasasini boshqarishda qatnashish;
-turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
-o‘quv shaklini mustaqil tanlash;
-qo‘shimcha (fakultativ) ta’lim olish hizmatidan foydalanish;

4.2.Maktab o‘quvchilari:   
-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy ahloq-odob qoidalariga rioya qilish,respublikaning munosib fuqarosi bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog‘i va Madhiyasini bilishva hurmat qilish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarni ado etish;
-ta’lim muassasalarining ustavi va ichki tartib qoidalari so‘zsiz bajarishlari;
-davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;
-maktabga dars jadvali asosida o‘z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
-o‘quv jarani uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, daftarlarini to‘liq olib kelishlari;
-maktabda kiyinish madaniyatiga qo‘yilgan talablarga rioya qilishlari;
-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishlari;
-o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
-maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatishlari;
-maktab va jamoat mulkini avaylab asrashlari talab etiladi.
4.3O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda adolat komissiyasi tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og‘zaki holda berilgan arizalar ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
4.4Jamoat tartib qoidalarini buzgan, maktab jihozlarini va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o‘qituvchilar va maktab rahbariyatining shahsiyatiga tegadigan hati-harakatlar sodir etadigan o‘quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo‘llaniladi.
4.5Ayrim fanlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish sinflarida o‘qibmuntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o‘quvchilar oddiy umumiy ta’lim sinflariga o‘tkazilishi mumkin.
4.6Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o‘quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega.

V. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI

5.1.Maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko‘ra, direktorning buyrug‘i asosida,shartnomaga binoan qabul qilinadi.
5.2.pedagogik xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni va Mehnat kodeksi bilan belgilanadi.
5.3.Maktab pedagogik xodimlari:
-pedagog-o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
-maktabda, jamoat orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;
-ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan hatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarning ham hatti-harakatlaridan habardor bo‘lishlari;
-maktab  obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish  yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;
-kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
-o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-oanlarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
-o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o‘rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
-o‘zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
5.4.Pedagog-o‘qituvchilar maktab ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim;
5.5.Maktab ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga  binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
5.6.Maktabda har bir fan yo‘nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.
5.7.O‘qituvchilar:
mashg‘ulot  o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
maktab Pedagogik kengash ishida va maktab ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
maktab Direktori va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo‘yicha navbatchilik qiladi;
o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo‘ladi;
5.8.Maktab o‘qituvchilari har 3 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar esa o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so‘ng malaka oshirishdan o‘tadilar.
5.9.Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to‘g‘risidagi tegishli Nizomga binoan o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi.
5.10.Maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarda,(2) ishchilar jamoasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashish yo‘li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
5.11.Maktab pedagog hodimlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: ( 1) o‘quvchilarga o‘qitilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish,(2) ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarni ongli ravishda tanlashga va o‘zlashtirishiga  ko‘maklashish,(3) o‘quv jarayonida havfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlash.

VI. MAKTABNI BOSHQARISh

6.1.Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1,1 (birinchi qism birinchi bandida) ko‘rsailgan hujatlar asosida olib boriladi.
6.2.Maktabni boshqarish demokratiya, okoralik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Maktab jamoasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo‘mitalari keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi.
6.3.Maktab pedagogika kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori  o‘ lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
6.4.Maktabda,pedagogik,metodik, vasiylik kengashlari hamda ota-onalar qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari bilan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli Nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko‘rsatadi.
6.5.Maktabning o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi.

Maktab direktori:
6.5.1.Maktab Direktori o‘quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktabda ta’lim berish(o‘quv-tarbiya)ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.
6.5.2.Maktab direktori tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi (XTB) mudirlarining taqdimotiga ko‘ra tegishli xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri) tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. Maktab direktori ish faoliyatida bevosita tuman (shahar) XTB mudiriga bo‘ysunadi.
6.5.3.Maktab direktori mehnat ta’tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davrda uning vazifalari direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu kabi hollada vazifalarni ijro etish direktor buyrug‘i yoki ob’ektiv sabablarga ko‘ra tegishli buyruq chiqarish uchun imkon bo‘lmasa tuman(shahar)XTB mudirining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 
6.5.4.Maktab direktori o‘z ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotga va pedagogik yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestatsiyadan o‘tgan kamida 1-toifali o‘qituvchi bo‘lishi lozim.
6.5.5.Maktab direktori maktab ichida yoki undan tashqarida o‘rindoshlik asosida boshq rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
6.5.6.Maktab direktorining mansab vazifalari o‘rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas. 
6.5.7.Maktab direktoriga uning o‘rinbosarlari bevosita bo‘ysunadi. Maktab direktori o‘z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o‘quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o‘rinbosari yoki boshqalar)ning farmoyishini bekor qilishga haqli.
6.5.8.Maktab direktori o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
Maktab Ustavi va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo‘nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta’limiy dasturlar, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi. Maktabning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Maktabni yangi o‘quv yiliga,kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish,ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy,ma’muriy,moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.
Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularnig kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi.
O‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining  ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ro‘yhatlar va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi.
Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, jamoada ijobiy ma’naviy sof muhitni shakllantiradi.
Maktab o‘quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko‘rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi.
Jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi. Kasaba uyushmasi tashkilotiga mo‘’tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi.
Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi. 
Jihozlarning muhandislik – texnikaviy kommunikatsiyalari havfsiz foydalanishini ta’minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo‘yicha amal qilayotgan standartlarga , qoidalarga va me’yorlarga muvofiq bo‘lgan holatga keltirish choralarini ko‘radi, ta’lim muassasasining  binosi ko‘rikdan o‘tkazilishi va ta’mirlanishini o‘z vaqtida tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan tartibda yangi hodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi;
Ishga qabul qilingan shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo‘yicha dastabki ko‘rsatma berish, ta’lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko‘rsatma berish tadbirini o‘tkazadi, ko‘rsatma berish tadbiri o‘tkazilganligini daftarda rasmiylashtiradi.
Xodimlar va o‘quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o‘rtasida kasallanish darajasini kamaytirish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
Tibbiy xodimlar bilan xamkorlikda tibbiy hizmat ko‘rsatilishini va sog‘lomlashtirish ishini yaxshilash choralarini ko‘radi;
Kasaba uyushmasi, Ota-onalar qo‘mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘radi;
Ishlayotganlar va o‘quvchilarning o‘quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, ta’minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi.
O‘quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun havfli sharoitlar yuzaga kelganda ta’lim jarayoni o‘tkazilishini ta’qiqlishga haqli.

6.6.  Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
6.6.1.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
6.6.2.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabning o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida havfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi.
6.6.3.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.
6.6.4.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita (1)o‘qituvchilar,(2)o‘quvchilar,(3)labaratoriya xodimlari bo‘ysunadi.
6.6.5.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
Pedagogdlar jamoasining faoliyati kundalik istiqbolli rejalashtirilishini tashkil etadi.
O‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning ta’limiy tayyorgarlik natijalari ob’ektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar va o‘quv mashg‘ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi(o‘quv yili davomida kamida 180 soat),  ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma’lum qiladi.
Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.
Ota-onalar uchun ma’rifat ishlarini tashkil etadi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion)dasturlar pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;
O‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi.
Belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi,pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi.
Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi,  ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi.
Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibini ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi.
Direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy va labaratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda havfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi.
Direktorning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o‘quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshiradi.
Kasaba qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko‘rgazmali qurollar,maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizliginig ma’muriy jamoa nazoratini amalga oshiradi.
Namunaviy ro‘yhatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruhsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda,o‘quv xonalari va boshqa xonalarda o‘rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar,o‘quv jihozlari va asboblarni olib qo‘yish choralarini o‘z vaqtida ko‘radi, ta’lim muassasasi xonalarida xodimlar va o‘quvchilarning sog‘ligi uchun havfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini to‘xtatib turadi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o‘rniga munosib bo‘lgan ahloqiy me’yorlarga amal qiladi.
6.7.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
6.7.1.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan  va maktabdan tashqari ishlashda havfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, mahalla qo‘mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.7.3.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.
6.7.4.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga bevosita (1) sinf rahbarlari, (2) o‘quvchilar, (3) sardorlar, (4) qo‘shimcha ta’lim pedagoglari bo‘ysunadi.
6.7.5.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari  doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
O‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi.
Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo‘mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi . 
Tarbiyachilar,sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlarga, to‘garaklar mashg‘ulotlariga(o‘quv yili davomida kamida 180 soat)qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni habardor qiladi.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo‘yicha ota-onalarni(ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
Maktab direktorining o‘quv-tarbiyaviy ish bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy-bo‘sh vaqt faoliyati bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvallarini tuzadi; vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimlarning o‘rniga darslar o‘z vaqtida va sifatli  o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Maktab bo‘yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek bevosita o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta’minlaydi.
O‘quvchilar jamoalariga madaniy-okurtiv va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda yordam beradi, to‘garaklarda va h.k.larda o‘quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko‘radi, maktabni o‘quvchilar bilan to‘ldirishda ishtirok etadi.
Maktab pedagog va boshqa xodimlarni tayyorlashda ularni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi.
Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar bajarilishini, o‘quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini muhofaza qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ta’minlaydi.
Sinf rahbarlari, guruhlar, to‘garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o‘quvchilar mehnati muhofaza qilinio‘ini ta’minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi.
Tarbiyaviy tadbirlar va ta’lim muassasasidan tashqari o‘quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiena me’yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in havfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko‘radi.
O‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko‘chada, suvda va h.k.larda  sodir bo‘ladigan jarohatlanishni, YTH, baxtsiz hoisalarni oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi.
Maktabdan tashqari tarbiya bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo‘shicha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni bog‘laydi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoatdagi o‘rniga munosib ahloq me’yorlariga amal qiladi.

6.8.Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo‘yicha vazifalari va   
         majburiyatlari 
         
         Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan maktab  
        Direktori fondining  byudjet mablag‘larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa   
        rahbari hisoblanadi. 
        Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo‘limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
pedagog  xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro‘yhatga olish;
belgilangan tartibda ro‘yhatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va hizmatlar etkazib berish bo‘yicha shartnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  G‘aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;
belgilangan standartlarga muvofiq umumita’lim maktabi buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borishini ta’minlash;
to‘lovlar, oylik maoshni belgilash va to‘lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanaga shtatlar, smeta va moliya intizomiga qai’iy rioya qilishni ta’minlash;
Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar harajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni, hodimlarga ish haqi "Direktor jamg‘armasi”dan o‘qituvchilarga ustamalarni holisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to‘lanishi, noqonuniy harajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishi lozim.
Ta’lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini ta’minlash, rivojlantirish, ta’lim muassasasida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis hizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi.
Markazlashtirilgan tartibda ta’lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta’minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident sovg‘asi, ko‘mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnolmalar beradi, qabul qiladi, har bir o‘quvchiga etkazilishini ta’minlaydi.
Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar(inventarlar,turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi.
har  o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, labaratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yhat bo‘yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, labaratoriya mudirlariga belgilangan tartibda(topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni;
kommunal hizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Kommunal to‘lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;
Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga habar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rishni;
Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlan ishining to‘g‘ri tashkil qilinishini ;
muassasada xodimlar o‘rtasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni;
qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun tshlab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini;
kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlaydi.
6.9.Ta’lim muassasasi rahbarining  xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining  yoki xo‘jalik  murining moddiy javobgarlik bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari
6.9.1.Maktab direktorining ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
6.9.2.Maktab direktorining ma’muriy-ho‘jalik  ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.
6.9.3.Maktab direktorining ma’muriy-ho‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi:
Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar,turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir.
Ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi-hodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish.
Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kontselyariyamollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yhatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish.
Har o‘quv yili bolanguncha barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, labaratoriyalarni ta’mirlash,jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘hat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinat mudirlariga, labaratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish.
Kommunal hizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etish.
Kommunal to‘lovlar(gaz,suv,elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib,tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish.
Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga habar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rish.
Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar,binoi qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish.
Bir yilda bir marta muassasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha inventarizatsiya qilish.
Muassasada hodimlar o‘rtasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish  va ularda faol qatnashish.
Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish  hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish.
Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish.
Yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida etkazish va sifatli saqlash, ulurni belgilanagan miqdorda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlash.
Yong‘in havfsizligi asboblarini etarli darajada bo‘lishini nazorat qilish.
6.9.4.Ta’lim muassasasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda:
Ta’lim muassasasi kassiri naqd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo‘yicha kassa operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi.
Kassa operatsiyalari hisobini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanagan shakl bo‘yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o‘chirishlar va tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘ymasdan olib boradi.
Ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (ya’ni hizmat safari harajatlari,kasallik varaqalari, suyunchi pullari,qarilik nafaqalari, 2yoshgacha bolasiga qarayotgan onalarga to‘lanayotgan nafaqalar) bo‘yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlarga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta’lim muassasasi rahbariga hisobot berib boradi.Kassaga  doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi.
Kassada pul mablag‘larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag‘larini bank muassasasiga qaytib topshirishga javobgar hisoblanadi.

6.9.5.Maktablarda buxgalter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi.
Maktab buxgalteri o‘z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilanagan umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) buxgalteri haqidagi tegishli Nizom talablari asosida amalga oshiradi:

VII. OTA-ONALAR YOKI ULARNING O‘RNINI BOSUVChI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS’ULIYATLARI 

7.1.Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
-o‘zlarining balog‘atga etmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish turini tanlash;
-ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini , bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;
-ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
7.2.Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
-bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari;
-bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari,bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg‘ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari;
-bolalarni maktabda o‘qitish uchun yoki belgilangan talablar  hohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
7.3.Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda o‘quvchilarni mafaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashishi huquqiga egadirlar.
7.4.Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.

VIII. MAKTABNING MODDIY VA MOLIYAVIY XO‘JALIK TA’MINOTI

8.1.Maktabning moliyaviy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli "Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli "Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli "Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish  chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori va ular asosidagi Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.
Maktabni  moliyaviy ta’minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
8.2.Maktabni samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sarf-harajatlar davlat tomonidan belgilangan huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
8.3.Malaka toifalari "Attestatsiya haqidagi Nizom”ga muvofiq maktab xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida beriladi.
8.4.Pedagog kadrlarga kasb mahorati va sinfdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil dekabrdagi 275-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
8.5.Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo‘yicha yoki fakultativ mashg‘ulotlar uchun o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o‘quvchilari uchun o‘tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to‘lash amalga oshiriladi.
8.6.Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik hizmatlar ko‘rsatishga ruhsat etiladi:
8.7.Maktabni moddiy-texnika negizi tarkibiga er, binolar,sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
8.8.Maktab binosi texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiena me’yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabni moddiy texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
8.9.Maktabning buxgalteriya hisobi boshqa hisob-kitob ishlari maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va buxgalterlar tomonidan amalga oshiriladi ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli qarori asosida olib boriladi.

IX. MAKTABNI XALQARO HAMKORLIK FAOLIYATI

9.1.Amaldagi qonunchilikka asosan umumta’lim maktabi xalqaro faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
9.2.Maktab  xorijiy mamlakat o‘quv muassasalari bilan o‘qish, dam olish, olimpiadalarida, ko‘rik tanlovlari o‘tkazish yuzasidan tajriba almashish imkoniyatlari doirasida hamkorlik aloqalar o‘rnatish mumkin.

 

 

 


Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]