gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Yozgi ta'til davrida huquqiy savodxonligimizni oshiraylik ! (№ O’RQ-371)

Yozgi ta'til davrida huquqiy savodxonligimizni oshiraylik ! (№ O’RQ-371)

 

1-bob. Umumiy qoidalar (1 - 6-moddalar)

2-bob. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar, ularning vakolatlari (7 - 21-moddalar)

3-bob. Huquqbuzarliklarning umumiyprofilaktikasi (22 - 23-moddalar)

4-bob. Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi (24 - 27-moddalar)

5-bob. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi (28 - 42-moddalar)

6-bob. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi (43 - 45-moddalar)

7-bob. Yakunlovchi qoidalar (46 - 51-moddalar)

 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

2-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Asosiy tushunchalar

4-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari

5-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari

6-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari

 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

 

Ushbu Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 

2-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlari

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

 

3-modda. Asosiy tushunchalar

 

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

 

ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish - huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga, g’ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo’lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko’rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;

 

g’ayriijtimoiy xulq-atvor - shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi;

 

huquqbuzarlik - sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g’ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik);

 

huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi - jismoniy, ma’naviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs;

 

huquqbuzarliklar profilaktikasi - huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo’llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi;

 

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo’lgan shaxs - o’zining g’ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo’lgan jismoniy shaxs.

 

4-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;

huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o’rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish;

huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;

jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o’zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

5-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

insonparvarlik;

tizimlilik;

ishontirish usulining ustuvorligi;

ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish.

 

6-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat:

huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;

huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi;

huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;

huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi.

 

2-BOB. HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI

AMALGA OSHIRUVCHI VA UNDA ISHTIROK ETUVCHI

ORGANLAR HAMDA MUASSASALAR, ULARNING VAKOLATLARI

 

7-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

9-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi

10-modda. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

11-modda. Prokuratura organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

12-modda. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi  sohasidagi vakolatlari

13-modda. Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

14-modda. Davlat bojxona xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

15-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

16-modda. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

17-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

18-modda. Davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

19-modda. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi  organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

20-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasibo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar

21-modda. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki

 

7-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samarali ishlab turishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlanish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tegishli chora-tadbirlarni ko’radi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’radi;

tegishli hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

9-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:

ichki ishlar organlari;

prokuratura organlari;

Milliy xavfsizlik xizmati organlari;

adliya organlari;

davlat bojxona xizmati organlari;

davlat soliq xizmati organlari;

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari;

ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;

davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalari;

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi organlari.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilmagan organlar va muassasalar huquqbuzarliklar profilaktikasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.

 

10-modda. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar

profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Ichki ishlar organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

mamlakatdagi, ayrim mintaqalardagi, tumanlar va shaharlardagi kriminogen vaziyatni o’rganadi, mavjud kuchlar va vositalardan huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda foydalanilishi samaradorligi tahlilini amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslar va huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;

ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi;

faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga va diniy-ekstremistik yo’nalishdagi guruhlarga aloqador bo’lgan shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan chora-tadbirlar ko’radi;

pasport-viza rejimiga, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan o’qotar qurolni saqlash qoidalari hamda tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

jinoyatlarni fosh etishda va tergovga, sudga kelishdan bo’yin tovlayotgan shaxslar hamda bedarak yo’qolgan fuqarolar qidiruvida ishtirok etadi;

ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Ichki ishlar organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

11-modda. Prokuratura organlarining huquqbuzarliklar

profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Prokuratura organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan soliq, valyutaga oid huquqbuzarliklar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;

aholi o’rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ’ibot bo’yicha faoliyatda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Prokuratura organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

12-modda. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Milliy xavfsizlik xizmati organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

xalqaro jinoiy tashkilotlar faoliyati to’g’risidagi axborotni to’plash va tahlil qilishni, milliy xavfsizlikka ulardan kelib chiquvchi tahdid darajasini baholashni amalga oshiradi, tegishli organlar va muassasalarga zarur axborotni taqdim etadi;

tinchlik va xavfsizlikka qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan shaxslarning hisobini yuritadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Milliy xavfsizlik xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

13-modda. Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Adliya organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

aholi o’rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ’ibot bo’yicha faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtirib boradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi, huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Adliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

14-modda. Davlat bojxona xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi  vakolatlari

 

Davlat bojxona xizmati organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojxona to’lovlarining to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Davlat bojxona xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

15-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi

vakolatlari

 

Davlat soliq xizmati organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

16-modda. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi, ishsizlarni hisobga olishni va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

17-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslar o’rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

ta’lim oluvchilarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga yo’naltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va ta’lim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;

ta’lim oluvchilar orasida huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

ta’lim oluvchilarning bandligini va bo’sh vaqti mazmunli o’tkazilishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida hammabop sport seksiyalari, texnik va boshqa to’garaklar, klublar tashkil etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari ichki ishlar organlariga:

huquqbuzarliklar faktlari haqida;

odamlarning hayotiga yoki sog’lig’iga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar to’g’risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;

ta’lim oluvchi shaxs g’ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;

huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

18-modda. Davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

Davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

fuqarolar sog’lig’ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

fuqarolar sog’lig’ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

aholi o’rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish bo’yicha ishlarni, shuningdek sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishni tashkil etadi;

aholi o’rtasida muntazam tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;

alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka, ruhiy kasalliklarga, OIV infeksiyasiga, tanosil kasalliklariga va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarni aniqlaydi, ularni hisobga olish, tekshiruvdan o’tkazish, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi;

OIV infeksiyasi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik tarqalishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni bajarish uchun mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;

odam savdosidan jabrlanganlarni belgilangan tartibda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga:

ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi haqida;

badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda bo’lgan shaxslar kelib tushganligi yoki murojaat etganligi haqida;

odamlarning hayotiga yoki sog’lig’iga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar to’g’risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;

voyaga yetmagan shaxs g’ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;

huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.

Davlat sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

19-modda. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofazaqilish davlat qo’mitasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

 

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

tabiatni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

20-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning o’zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida prokuratura organlari huzurida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuziladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlar bajarilishi ustidan nazorat qilish;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishda, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash bo’yicha o’zaro hamkorligini yaxshilashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir axborotni to’plash, saqlash, ishlovdan o’tkazish, tahlil qilish hamda undan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish.

Tarkibida ishchi guruhlar tuzilishi mumkin bo’lgan muvofiqlashtiruvchi kengash huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar faoliyatining tashkiliy shaklidir.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar zarur bo’lgan axborotni, shu jumladan, statistika ma’lumotlarini talab qilib olishga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishga haqlidir.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

21-modda. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki

 

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan, fuqarolarning kelishi va ketishi hisobga olinishini tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning huquqlarini himoya qilish bo’yicha ishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko’maklashadi;

ro’yxatdan o’tkazilmagan diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qo’yish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligiga bo’lgan huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburlab singdirishga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqadi;

ichki ishlar organlarining profilaktika bo’yicha tegishli inspektori bilan birgalikda "Mahalla posboni" jamoat tuzilmasi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yarashtirish komissiyalari va boshqa komissiyalarni tuzadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarga ko’maklashish hamda zarur yordamni ko’rsatish yo’li bilan huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etishi mumkin.

 

3-BOB. HUQUQBUZARLIKLARNING UMUMIY PROFILAKTIKASI

 

22-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi tushunchasi

23-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari

 

22-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi tushunchasi

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo’yicha faoliyati huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasidir.

 

23-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari

 

Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

aholi o’rtasidagi huquqiy targ’ibot;

huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida taqdimnomalar kiritish.

Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o’z ichiga olishi mumkin.

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]