gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Maktab tarixi

       Gurlan tumani hokimi  Amin Vapoyevning     1993-yil –iyundagi  161-sonli qarori bilan tumandagi  "Birlashgan” qishlog`ida  41-maktab-litsey (3-litsey) tashkil etildi. Litseyda matematika, informatika, fizika, ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o`rgatilishi belgilandi.  
       Litseyga rahbar etib tayinlangan Tajiboy Sapayev yosh, bilimdon, shijoatli ustozlardan jamoa shakllantirib ta’lim-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil etganligi sababli tezda litsey nafaqat tumanda, balki viloyatda o`z o`rniga ega bo`ldi. Fan  olimpiadalari tuman, viloyat bosqichlarida yuqori natijalarga erishildi. 
       1997 yil   sentabr oyidan  maktab-litseyga Shomurot Matkarimov rahbar etib tayinlandi. Maktab o`quvchilarining oliy o`quv yurtlariga kirishi 2005, 2006 –yillarga kelib 75-80 % ga chiqdi. Maktab o`quvchilari 2004-yildan boshlab Respublika miqyosidagi ko`rik-tanlov, fan olimpiadalarida qatnashishni boshladi. 
       Maktab o`quvchisi Tangirova Zulxumor  2004-yil  Buxoro shahrida o`tkazilgan "Axborot  texnologiyalari bo`yicha yaratilgan eng yaxshi mahsulot” ko`rik tanlovi Respublika bosqichida "Kvadrat funksiya grafigini kompyuter bilan muloqot holida o`rganish” mavzusidagi ijodiy ishi (dasturi) bilan III-o`rinni egalladi va  Xalq Ta’limi Vazirligining III-darajali diplomi bilan taqdirlandi, 2005-yil esa u informatika fanidan Toshkent shahrida o`tkazilgan fan olimpiadasi Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Shu yili maktab o`quvchisi Nurmetova Nodira rus tili fanidan Xalqaro olimpiada Respublika saralsh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va Rossiya elchixonasining faxriy yorlig`i  bilan  taqdirlandi. 
       2005-yil  fevral oyidan maktabga Shuxrat Jumatov rahbar etib tayinlandi. Maktabda o`quvchi va o`qituvchilarning turli ko`rik-tanlovlar, fan olimpiadalari, "Bilimlar bellashuvi” dagi natijalari yaxshilanib bordi.
       Jumladan  "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik tanlovi Respublika bosqichida maktabning ikki nafar o`qituvchisi ishtirok etib, faol ishtiroki uchun Xalq Ta’limi vazirligining diplomlari bilan taqdirlandilar: matematika-informatika fani o`qituvchisi Kenjayev Bahodir 2006-yili informatika fanidan Nukus shahrida,  jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Rajapov Qudrat 2012-yili jismoniy tarbiya fanidan Toshkent shahrida o`tkazilgan Respublika bosqichlarida ishtirok etgan. 
       Maktabning ikki nafar o`quvchisi "Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivali Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Kamalak bolalar tashkiloti Sertifikati bilan taqdirlangan: 2008-yilda Davletova Zebuniso, 2010-yilda Matsafoyeva Maftuna she’riyat yo`nalishi bo`yicha shunday yutuqlarga erishgan. 
       2012-yili Xorazm viloyati Xonqa tumanida o`tkazilgan "Bilimlar bellashuvi” Respublika bosqichi (Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog`iston Respublikasi) da fizika fanidan qatnashgan Samandarov Rahmatjon I-o`rinni egalladi. 
       2014-yil 2000 yil 1 avgustdan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida Koreya davlatida o`tkazilgan xalqaro olimpiada Respublika I-saralash bosqichida  maktabning 7-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun – II-natija (Respublika bo`yicha jami 10 nafar o`quvchi, jumladan Xorazm viloyati bo`yicha yagona vakil Xaytboyev Xumoyun ham II-saralash bosqichida ishtirok etdi. Lekin xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini beruvchi kuchli to`rtlikka kira olmadi.) ni ko`rsatdi.   Maktabimiz bitiruvchisi bugungi kunda URDU qoshidagi 2-akademik litsey II-kurs o`quvchisi  O`tamuratov Odilbek Afrika qit’asida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada  hal qiluvchi saralash bosqichida (Toshkent shahri) qatnashdi. 
       Maktabimiz bitiruvchilaridan Koreyada fan doktorligini himoya qilgan Tajimuratov San’at, fan doktorlgi tadqiqot ishlarini olib borayotgan Bo`tanov Hakimboy (fizika, Shveytsariya), Rajabov Azamat(avtomobil , Xitoy) kabi fan fidoiylari yoki  Qalandarov San’at (viloyat prokuraturasi xodimi), Sultonov Mansur(tuman prokuraturasi xodimi), Abdullayev Muzaffar (Urganch shahar Aloqabank boshqaruvi raisi), Erjanov Alisher (viloyat kompyuterlashtirish markazi rahbar o`rinbosari), Amanboyev Jasur (viloyat sud deportamenti xodimi), Toshkent to`qimachilik instituti magistraturasi bitiruvchisi Turkiya davlatida malaka oshirgan Kenjayev Zokir (maktab o`quvchilari emblemalarini o`zining Toshkentdagi firmasida tayyorlab bergan),  Jumatov Ahmad (tuman hokimligi "iqtisodiyot”  bo`limi mutaxasisi), Saparniyov Xursand "Kamolot” YIH Gurlan tuman bo`limi raisi kabi rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatuvchi yoki Rajabov Shavkat(harbiy, katta leytenant), Jumaniyazov Sherzod(milliy xavfsizlik xodimi, leytenant) kabi vatanimiz posponlari yoki URDU o`qituvchilari Matmuratov Baxtishod (kimyo fani o`qituvchisi), Bekchanov Shukurlo( informatika fani o`qituvchisi) yetishib chiqdi. Ko`plab maktab bitiruvchilari oliy o`quv yurtlarini tamomlab viloyat va tuman ta’lim muassasalari, sog`liqni saqlash, qishloq xo`jaligi sohalarida faoliyat ko`rsatmoqda.    
       Maktab o`qituvchilarining mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda: Matematika va informatika fani o`qituvchisi  Kenjayev Bahodir "Yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot  g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o`zining  halol  mehnati bilan katta yutuqlarga erishgani uchun” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 28 sentabrdagi farmoniga binoan    "SHUHRAT ” medali bilan mukofotlandi. Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Rajapov Qudrat 2014-yil "O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi A’lochisi” nishoni bilan taqdirlandi.

Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]