gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Материалы за Май 2026 года

Yangiliklar :: Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika turniri o‘tkazildi

28-05-2026, 18:08
Urganch davlat universitetida atoqli matematik olim, akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika fani bo‘yicha “Xotira turniri” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli turnirda viloyatimizdagi umumta’lim maktablaridan 60 nafarga yaqin matematika faniga qiziqadigan, bilimga chanqoq hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Bellashuv jarayonida yosh matematiklar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va mustahkam bilim salohiyatini namoyon etib, qiziqarli hamda murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.


Yangiliklar :: MAKTABIMIZDA „SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ“ JARANGLADI!

25-05-2026, 17:38

25-may
kuni maktabimiz hovlisi har qachongidan ham fayzli, hayajonli va shodiyona kayfiyatga burkandi. Ustozlar, bitiruvchilar, ota-onalar hamda muhtaram mehmonlar ishtirokida „Zamonamiz qahramonlari, kelajagimiz egalari“ ruhidagi tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.






b

Yangiliklar :: BILIMLAR BELLASHUVI: 11-A SINF OʻQUVCHILARI OʻR TASIDA "SOʻNGGI QONGʻIROQ OLIMPIADASI" OʻTKAZILDI!

22-05-2026, 17:14
Maktabimizda bitiruvchi 11-sinf oʻquvchilari uchun qizgʻin pallalar davom etmoqda. Bugun, 22-may kuni, matematika faniga ixtisoslashtirilgan 11-a sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻzgacha bir intellektual bellashuv — "Soʻnggi qoʻngʻiroq olimpiadasi" tashkil etildi.
​Ushbu olimpiadada fan sirlarini mukammal egallagan, matematika yoʻnalishida yuqori bilim va salohiyatga ega boʻlgan eng iqtidorli yoshlarimiz ishtirok etishdi.



Yangiliklar :: MATEMATIKA FANIDAN LIGA MUSOBAQALARINING 4-BOSQICHI O‘TKAZILDI!

22-05-2026, 17:11
Bugun, 22-may kuni soat 13:00 da maktabimizda 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan intellektual liga musobaqalarining navbatdagi 4-bosqichi (4-LM) start oldi.


Yangiliklar :: MAKTABIMIZ FAXRI — RESPUBLIKA GʻOLIBI!

19-05-2026, 17:06
Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI — 2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
​Biz uchun cheksiz gʻurur va quvonarli joyi shundaki, ushbu nufuzli tanlovda Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qilgan maktabimiz 2010-yil bitiruvchisi ("94") Nasiba Maxsud qizi Yo‘ldosheva mutloq gʻalaba qozondi!


Назад 1 2 3 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Июнь 2026 (4)
Май 2026 (11)
Апрель 2026 (2)
Март 2026 (6)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]