2016 yil oktabr oyi boshida maktabimiz 9-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o`tkazilgan "Mustaqillik madhi bolalar ijodida” Respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovi hikoya yo`nalishida II-o`rinni egallaganligi uchun O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining Ikkinchi darajali diplomi bilan taqdirlangan edi. Kuni kecha yana 4 nafar o`quvchimiz ushbu tanlovda faol ishtirok etganligi uchun O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.