Maktabimiz 11-sinf o‘quvchisi, yosh matematik olimimiz
Ismoilov Og‘abek Anvar o‘g‘li bugungi kunda o‘zining tengsiz intellekti va erishgan natijalari bilan barchamizni birdek lol qoldirmoqda! Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining matematika yo‘nalishida tahsil olishni maqsad qilgan Og‘abek, hozirning o‘zidayoq talabalik eshiklarini juda baland ko'rsatkich bilan ochib bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qahramonimiz hozirgi daqiqagacha davlat imtihonlari uchun
173,5396 ballik ulkan poydevor jamg‘arishga ulgurdi.