2015 yil 21 oktabr kuni maktabimizda O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 26 yilligiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Tadbirni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Bahodir Kenjayev ochib berdi. Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Gulnora Madaminova 6-,7-sinf o`quvchilari bilan tayyorlagan tadbirda 7-sinf o`quvchisi Ataxanova Sevara, 6-sinf o`quvchisi Ataxanova Maftuna boshlovchilik qilishdi.
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan
tasdiqlangan "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturining 40-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom va
XTB ning 2015 yil 30 sentabrdagi 270-sonli buyrug`iga asosan
o`quvchi-qizlar o`rtasida "Orasta
qizlar” ko`rik-tanlovi o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
vazirligining 2015 yil 30 sentabrdagi 271-sonli buyrug`iga asosan 2015 yil 15
oktabr kuni soat 14.00 da 1-umumiy o`rta ta’lim maktabida TXTMFMTTEB, tuman
xotin-qizlar qo`mitasi, ma’naviyat-targ`ibot markazi tuman bo`limi, "Kamolot”
YIH tuman kengashi, "Mahalla” xayriya fondi tuman bo`limi bilan hamkorlikda
xalq ta’limi tizimida "Eng namunali xotin-qizlar qo`mitasining bosh ang`ich
tashkiloti” respublika ko`rik-tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi.
Viloyat hokimligining 2015 yil 19 sentabrdagi 67-sonli xatiga asosan, tuman XTMFMTTEB tuman hokimligi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi PF-2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil 8 oktabr kuni tuman madaniyat uyida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovi tuman bosqichi o`tkazildi.