gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: Jaholatga qarshi ma'rifat

5-05-2015, 20:30
"Jaholatga qarshi ma'rifat" ko`rik-tanlovi tuman bosqichida insho yo`nalishi bo`yicha faxrli I-o`rinni egallagan maktabimiz 7-sinf o`quvchisi Xaytboyeva Shahodat bugun Urganch shahrida o`tkazilgan viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib faxrli III-o`rinni egalladi va VXTB ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi. Bu yutuq bilan Shahodatni va ustozi Sobirova Gulsara opani tabriklaymiz. 

Yangiliklar :: "Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari" ko`rik-tanlovi tuman bosqichi

5-05-2015, 20:25
Tumandagi 4-UO`T maktabida "Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari" ko`rik-tanlovi tuman bosqichi o`tkazildi. O`tgan yili o`tkazilgan tanlovda I-o`rinni egallagan 41-UO`T maktabi MMIB direktor o`rinbosari B. Kenjayev bu yilgi ko`rik-tanlovda III-o`rinni egalladi. 

Yangiliklar :: 2014-2015 - o`quv yilida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar

5-05-2015, 10:04
Gurlan tumani 41–umumiy o`rta ta’lim maktabi o`qituvchi va o`quvchilari tomonidan 2014 – 2015 -  o`quv yilida erishilgan

 Y U T U Q  va   M U V A F F A Q I Y A T L A R.

 1.     "Jaholatga qarshi ma’rifat” tanlovi tuman bosqichi. She’riyat yo`nalishi.

Jumaboyeva Madina (7-sinf) – III-o`rin. TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

2.     "Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” tanlovi tuman bosqichi. Diktant yo`nalishi.

Gulmirzayeva Dilnoza ( 2 – sinf) – II-o`rin. TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

3.      "Mahallam tarixini o`rganaman” insho tanlovi tuman bosqichi.

Allamboyeva Yorqinoy (9-sinf)  - II-o`rin. TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

4.     "Eng chiroyli yozuv daftari” ko`rik-tanlovi tuman bosqichi.

Komiljonova Zilola ( 2 – sinf) – I-o`rin. TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.


Yangiliklar :: Jaholatga qarshi ma’rifat

4-05-2015, 11:41

Jaholatga qarshi ma’rifat

2015 yil 2-may kuni Gurlan tumani "Barkamol avlod” bolalar markazida "Jaholatga qarshi ma’rifat”  ijodiy ishlar  tanlovi  o`tkazildi. Tanlovning insho yo`nalishi bo`yicha ishtirok etgan maktabimiz 7-sinf o`quvchisi Xaytboyeva Shahodat  "Eng chiroyli insho muallifi” nominatsiyasi bo`yicha g`olib deb topildi.

Yangiliklar :: “YURT KELAJAGI” IQTIDORLI YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVI.

2-05-2015, 12:38

"YURT KELAJAGI” IQTIDORLI YOSHLAR RESPUBLIKA TANLOVI.

 "Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi  "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamkorligida har yili o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu tanlovda 15-25 yoshdagi yoshlar o’z iqtidorlarini namoyon qilishi mumkin. Tanlovning asosiy maqsadi: mamlakatimizda o’sib, voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, iqtidor va iste’dod sohiblari bo’lgan yoshlarga g’amxo’rlik ko’rsatish, qo’llab-quvvatlash, ijod va bilim cho’qqilarini egallashlariga ko’mak berish, iste’dod va intellectual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirish, Respublika bo’ylab turli yo’nalishlarda ijod qilayotgan, o’z qobiliyatini namoyon etayotgan yoshlarni izlab topish, ularning ijodini respublika darajasiga ko’tarish, yangi iqtidor qirralarini ochish, yoshlar orasida sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirishdan iboratdir.

Назад 1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]