Maktabimizda oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mantiqiy fikrlashi va iqtidorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 6-sinf iqtidorli oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan "Kuzgi taʼtil olimpiadasi" boʻlib oʻtdi.
Olimpiada shartlari va qoidalari:
Bilimlar bellashuvi jami 30 ta murakkab test savollari asosida tashkil etilib, oʻquvchilarning ishlari 50 ballik tizimda adolatli va shaffof baholandi. Ishtirokchilar oʻz bilim va topqirliklarini namoyon etish uchun bor kuchlarini ishga soldilar.
Gʻolib va sovrindorlarimiz:
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar oʻquvchi maktabimizning faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar:
1-oʻrin: Saʼdullayev Hamidjon
2-oʻrin: Xaytboyev Sardor
2-oʻrin: Murotboyeva Kamola
3-oʻrin: Amatov Feruzbek
3-oʻrin: Shamuratova Muhlisa
3-oʻrin: Baxodirova Asaloy
Barcha gʻolib oʻquvchilarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini ushbu yutuq bilan chin darak tabriklaymiz! Kelgusidagi oʻqish va ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Olgʻa, yosh matematiklar!













Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar