gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Материалы за Февраль 2015 года

Yangiliklar :: Sadoqat va vafo timsoli shoira Zulfiyaning 100 yilligi nishonlandi

28-02-2015, 11:51
    Taniqli o`zbek shoirasi, sadoqat va vafo timsoli Zulfiya tavalludining 100 yilligigiga bag`ishlab "Ma'naviy jasorat sohibasi " mavzusida tadbir 7-sinfning "Zulfiyaxonim qizlari" va 8 - sinfning "Zulfiyaxonim izdoshlari" o`quvchi qizlar guruhlari o`rtasida bellashuv tarzida o`tkazildi. Bunda o`quvchilar Zulfiya hayoti va ijodi bo`yicha egallagan bilimlarini namoyish qildilar. 

Yangiliklar :: Matematika kechasi

27-02-2015, 19:31
    "Fevral oyi – matematika, informatika fanlari oyligi”  munosabati bilan maktabda matematika kechasi o`tkazildi. Kechada maktabning 5-9-sinf o`quvchilari, ustozlar jamoasi ishtirok qildi. Kecha bayramona bezatilgan II-qavat foyesida o`tkazilib, unda 6 – sinf o`quvchilari O`rozboyeva Sadoqat, Tursunboyeva Iroda, Boboxo`jayeva Lobar boshlovchilik qildilar hamda o`zlari matematika fani, buyuk matematik bobolarimiz haqida, ularning ijodiy ishlari haqida ma’lumotlar berdilar va kechani boshqarib borishdi.  Kecha davomida matematikani madh qiluvchi, buyuk matematik bobolarimizga bag`ishlangan she’rlardan foydalanishdi.

Yangiliklar :: Informatika fanidan tadbir o`tkazildi.

25-02-2015, 14:48
 Maktabimizda "Fevral oyi - matematika, informatika fanlari oyligi" munosabati bilan informatika fanidan tadbir o`tkazildi. Tadbir 5-sinfning "Kompyuter" va "Informatika" guruhlari o`rtasida bellashuv tarzida tashkil etildi. Bellashuv 5 ta shart asosida o`tkazilib. unda "Informatika" guruhi g`olib chiqdi. Guruhlar va oylik munosabati bilan o`tkazilgan referat tanlovida g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 

Yangiliklar :: Maktabimizda 2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha “Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri munosabati bilan yig`ilish o`tkazildi

24-02-2015, 00:00
Maktabda  2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha "Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri bo`yicha o`tkazilgan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilish raisi:     Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori : Sh. Jumatov

Yig`ilish kotibi: 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori o`rinbosari: B. Kenjayev.

Yig`ilishda qatnashdi:  Gurlan tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori,serjant D. Gulbayev, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, 19 nafar o`qituvchi, 9 nafar ishchi-xizmatchi,  jami 30 nafar  kishi qatnashdi.     

Yangiliklar :: Bilimlar bellashuvi

10-02-2015, 00:00
Maktabimizda "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichiga puxta tayyorgarlik ko`rilmoqda. Har ikki haftada maktabda barcha fanlardan  "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichiga tayyorgarlik  sinov bosqichlari o`tkazilmoqda. Bunda maktabdagi 5-8-sinf o`quvchilarining har biri qaysidir fandan ushbu loyihada qatnashmoqda. 
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]