gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Matematika fanidan 5-sinf o`quvchilari o`rtasida "Kuzgi ta'til olimpiadasi" o`tkazildi.

Matematika fanidan 5-sinf o`quvchilari o`rtasida "Kuzgi ta'til olimpiadasi" o`tkazildi.

5-sinf o'quvchilari o'rtasida matematika fanidan "Kuzgi taʼtil olimpiadasi" o'tkazildi!
​Taʼtil kunlarini mazmunli va foydali o'tkazish, o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 05.11.2026 kuni maktabimizda 5-sinf iqtidorli o'quvchilari o'rtasida matematika fanidan "Kuzgi taʼtil olimpiadasi" bo'lib o'tdi.
​Olimpiada qatnashchilari o'z bilim va salohiyatlarini sinovdan o'tkazish uchun 30 ta murakkab test savollari ustida ishladilar. O'quvchilarning bilimini adolatli baholash maqsadida ularning ishlari 50 ballik tizim asosida baholab chiqildi.
​Olimpiada jarayoni yuqori saviyada, qizg'in va raqobat ruhida o'tdi. Qatnashchilarning barchasi o'zlarining tirishqoqliklarini namoyon etishdi.
​    Olimpiada yakunlariga ko'ra eng yuqori natijalarni qayd etib, g'olib bo'lgan va sovrinli o'rinlarni egallagan 6 nafar iqtidorli o'quvchimiz maktabimizning faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar:

​ 1-o'rin: Faxriddinov Jamolbek
​2-o'rin: Amatov Feruzbek
​2-o'rin: Rustamova Mehrinoz
3-o'rin: Isroilov Temurbek
​3-o'rin: Madrimov Sultonbek
​3-o'rin: Tursunboyev Suhrobjon

​Barcha g'olib o'quvchilarimizni va ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan chin darak tabriklaymiz! Kelgusidagi o'qish va izlanishlarida ularga ulkan zafarlar tilaymiz.
​✨ Bilimli yoshlar – yurt kelajagi!

kuzgi-tatil-olimpiadasi-5-sinf.rar [23,23 Kb] (cкачиваний: 3)

kuzgi-tatil-olimpiadasi-yakuniy-natijalari-5-sinf-05-11-2026.rar [9,8 Kb] (cкачиваний: 2)



























































Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Ноябрь 2026 (1)
Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Июнь 2026 (4)
Май 2026 (11)
Апрель 2026 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]