gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Matematika, 2024-2025-o`qish yili, erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar.

19-06-2025, 23:36
2024-2025 - o‘quv yili davomida o‘quvchilarning matematika fanini chuqurroq o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini qondirish, ulardagi iqtidor, ijodkorlikni yuzaga chiqarish maqsadida maktabimizda o`quv yili davomida reja asosida olimpiadalar tashkil qilinganligi va ularda g`olib bo`lgan o`quvchilarning e'tirof etilishi, ya'ni taqdirlanishi o`quvchilarda matematika fanini o`rganishga qiziqishni yanada oshirdi. Fan olimpiadasi tuman bosqichida jami 9 ta faxrli o`rindan 5 tasini bizning maktab o`quvchilari egallaganligi, o`quvchilarimizdan 15 nafari turli darajadagi MS sertifikatlari, 1 nafari xalqaro SAT sertifikatini qo`lgan kiritgani o`quvchilarimiz salohiyatidan dalolatdir.

Yangiliklar :: Avval matematika, keyin hammasi

6-05-2025, 21:50
Matematika fanidan ixtisoslashtirilgan 8, 9, 10 – sinflarda joriy yilning 22-25 -aprel kunlari “Avval matematika, keyin hammasi” olimpiadasi o`tkazildi. Olimpiada M.A.Mirzaahmedov, D.A.Sotiboldiyevning “O`quvchilarni matematik olimpiadalarga tayyorlash” qo`llanmasi asosida o`tkazildi.

Yangiliklar :: “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

23-03-2025, 21:10
“Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Bugun 2025-yil 1-mavsumi uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi yakunlandi.
Ushbu jarayonda bizni qoʻllab quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Kichkina jamoa bo'lishimizga qaramay 5012 = 5000 + 12 ovoz to'plab bildik.
Yurtimizda ta'limga berilayotgan eʼtiborni nazarda tutib ayta olamizki, biz bu ovoz bilan g'olib deb topilmagan bo'lsakda bizning loyihamizga ham qo'shimcha mablag' ajratiladi.






Yangiliklar :: Sizning ovozingiz biz uchun juda muhim.

14-03-2025, 22:01
Maktabimizda 400 nafardan ziyod iqtidorli oʻquvchilar ta'lim olmoqda. Ular yanada yaxshiroq shart-sharoitlarda ta'lim olishga haqli. Maktabimiz uchun qo'shimcha bino qurilishi ayni muddao boʻlar edi.
Buning imkoniyati bormi?
Ha, albatta. Buning uchun openbyudjetda g'oliblar safida bo'lishimiz kerak. Siz ham bunda o'z hissangizni qo'shasiz degan umidda quyidagi bizning maktab loyihasi ssilkasini tashlayapman.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/50/9effaf33-699d-4aec-b684-1b1862cd1c42

Sizning ovozingiz biz uchun juda muhim.
Bizni qoʻllab quvvatlayotganlardan minnatdormiz.

Yangiliklar :: O`quvchimiz - Xalqaro tanlov g`olibi

10-12-2024, 17:59
    Maktabimiz 11-sinf o'quvchisi O'razmetova Sabohat Xalqaro va Butunrossiya konkurslarini tashkil etish va oʻtkazish markazi (Moskva shahri) tomonidan o'tkazilgan "Твори! Участвуй! Побеждай!" Xalqaro konkursining "Золотая кисть" (rasmlar konkursi) nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun diplom, medal va kubok bilan taqdirlandi. 


   
Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 60 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Июнь 2025 (1)
Май 2025 (1)
Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]