gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: Yo`l qoidasi - umr foydasi

9-03-2015, 12:17

Yo`l hamisha tasodiflarga to`la. Lekin afsuski, har qanday tasodifning oxiri yaxshilik bilan yakunlanavermaydi. Ayrim tasodiflar natijasida ba`zilar jisman ba`zilar ruhan majruh bo`lib qoladilar. Har yili yo`l transport hodisalari natijasida ko`plab bolalar shikastlanib, nobud bo`lishyapti. Yo`ldagi har qanday hodisa o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi. Bularning asosiy sababchilari yo`l qoidasini bilmaydigan yoki amal qilmaydigan yo`lovchi va haydovchilardir.

Yangiliklar :: "Ma'rifat" gazetasida 41-maktab

3-03-2015, 18:46
                                       Barhayot siymolar

      Xorazm  viloyati  Gurlan  tumanidagi  41-maktabda  "Alisher  Navoiy – so`z  san’atining  sultoni”  mavzusida  adabiy  kecha  o`tkazildi.  Maktabning 7 – 8-sinf  o`quvchilari  mutafakkir  shoirning  g`azal,  ruboiy  va  tuyuqlaridan  namunalar  o`qib,  ularda  ilgari  surilgan  insonparvarlik g`oyalarining  bugungi  kundagi  ahamiyati  haqida  aytib  o`tdilar.



Yangiliklar :: Sadoqat va vafo timsoli shoira Zulfiyaning 100 yilligi nishonlandi

28-02-2015, 11:51
    Taniqli o`zbek shoirasi, sadoqat va vafo timsoli Zulfiya tavalludining 100 yilligigiga bag`ishlab "Ma'naviy jasorat sohibasi " mavzusida tadbir 7-sinfning "Zulfiyaxonim qizlari" va 8 - sinfning "Zulfiyaxonim izdoshlari" o`quvchi qizlar guruhlari o`rtasida bellashuv tarzida o`tkazildi. Bunda o`quvchilar Zulfiya hayoti va ijodi bo`yicha egallagan bilimlarini namoyish qildilar. 

Yangiliklar :: Matematika kechasi

27-02-2015, 19:31
    "Fevral oyi – matematika, informatika fanlari oyligi”  munosabati bilan maktabda matematika kechasi o`tkazildi. Kechada maktabning 5-9-sinf o`quvchilari, ustozlar jamoasi ishtirok qildi. Kecha bayramona bezatilgan II-qavat foyesida o`tkazilib, unda 6 – sinf o`quvchilari O`rozboyeva Sadoqat, Tursunboyeva Iroda, Boboxo`jayeva Lobar boshlovchilik qildilar hamda o`zlari matematika fani, buyuk matematik bobolarimiz haqida, ularning ijodiy ishlari haqida ma’lumotlar berdilar va kechani boshqarib borishdi.  Kecha davomida matematikani madh qiluvchi, buyuk matematik bobolarimizga bag`ishlangan she’rlardan foydalanishdi.

Yangiliklar :: Informatika fanidan tadbir o`tkazildi.

25-02-2015, 14:48
 Maktabimizda "Fevral oyi - matematika, informatika fanlari oyligi" munosabati bilan informatika fanidan tadbir o`tkazildi. Tadbir 5-sinfning "Kompyuter" va "Informatika" guruhlari o`rtasida bellashuv tarzida tashkil etildi. Bellashuv 5 ta shart asosida o`tkazilib. unda "Informatika" guruhi g`olib chiqdi. Guruhlar va oylik munosabati bilan o`tkazilgan referat tanlovida g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 
Назад 1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]