gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati 14 yoshda.

2-05-2015, 11:15

"Kamolot”  Yoshlar  Ijtimoiy Harakati 14 yoshda.

"Kamolot”  Yoshlar  Ijtimoiy Harakati tashkil topganligining 14 yilligiga bag`ishlab tumandagi 5-maktabda  tuman kengashi tomonidan tadbir o`tkazildi. Tadbirda  ishtirok etgan maktabimiz  "Kamolot”  Yoshlar  Ijtimoiy Harakati  boshlang`ich tashkiloti yetakchisi  Dilrabo Nurmetova  2014-2015 – o`quv yilida Harakatning boshlang`ich tashkiloti faoliyatida faol ishtirok etib, ish samaradorligi hamda loyihalarning ta’sirchanligiga munosib hissa qo`shganligi uchun " ENG FAOL "BOSHLANG`ICH TASHKILOT YETAKCHISI”  nominatsiyasi bo`yicha "Kamolot” YIH Gurlan tuman kengashi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 

Yangiliklar :: Quvnoqlar va zukkolar

25-04-2015, 20:39
 Gurlan tumanidagi 42-maktabda o`tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasi I-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib hal qiluvchi final qismida ishtirok etgan maktabimiz o`quvchilari tumanda I-o`rinni egallashdi. Bunda 9-sinf rahbari, biologiya fani o`qituvchisi Hurmat Jumaniyazovning hissasi katta.

Yangiliklar :: Maktab tarixi

11-04-2015, 08:51

 

                                                       Maktab  tarixi

       Gurlan tumani hokimi  Amin Vapoyevning     1993-yil 30–iyundagi  161-sonli qarori bilan tumandagi  "Birlashgan” qishlog`ida  41-maktab-litsey (3-litsey) tashkil etildi. Litseyda matematika, informatika, fizika, ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o`rgatilishi belgilandi. 

Yangiliklar :: "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi yakunlandi.

4-04-2015, 18:51
 Gurlan tumani 4, 43-maktablarida "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi 1,2,3,4 - aprel kunlari o`tkazildi. Maktabimiz o`quvchilari 10 ta fandan "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichida maktabimiz sha'nini himoya qildilar. 

Yangiliklar :: "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi o`tkazilmoqda.

3-04-2015, 16:06
  Gurlan tumani 4, 43-maktablarida "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi 1,2,3,4 - aprel kunlari o`tkazilishi belgilangan. Maktabimiz o`quvchilari 10 ta fandan "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichida maktabimiz sha'nini himoya qilmoqdalar. O`tgan ikki kun mobaynida o`quvchilarimiz matematika, informatika, geografiya, ingliz tili va tarix fanlaridan tumandagi tengqurlari bilan bahslashdilar. 
Назад 1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]