gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Материалы за Октябрь 2023 года

Yangiliklar :: Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi yakunlandi

23-10-2023, 13:40


Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi MMTV ning 2023-yil 3-oktabrdagi 02-02/5-1692-sonlixatiga ko`ra 17-21-oktabr kunlari o`tkazildi.
Gurlan tumanida ushbu olimpiada 24-sonli umumta'lim maktabida tashkil qilindi. Maktabimiz o`quvchilari olimpiada tuman bosqichini 2 ta 1-o`rin, 1 ta 2-o`rin, 2 ta 3-o`rin bilan yakunladi.
Jumladan 17-oktabr kuni Geografiya fanidan 10-sinf o`quvchisi O`razmetov Otabek 3-o`rin (o`qituvchisi Allaberganova Feruza), 19-oktabr kuni rus tili va adabiyoti fanidan 11-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Begoyim 1-o`rin (o`qituvchisi Bazarboyeva Zulfiya), 20-sentabr kuni Informatika fanidan 9-sinf o`quvchisi Qodirberganov Asadbek 2-o`rin, xuddi shu fandan 10-sinf o`quvchisi Uralov Azimboy 3-o`rin (ikkalasining ham ustozi Matkarimov G`ulomjon), 21-oktabr kuni Matematika fanidan 9-sinf o`quvchisi Ismoilov Og`abek 1-o`rin (o`qituvchisi Kenjayev Bahodir) bilan yakunladilar. 
Olimpiada viloyat bosqichida o`quvchilarimizga muvaffaqiyatli ishtirok etib faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishini tilaymiz.

Yangiliklar :: Munosib qadr topgan mehnat

6-10-2023, 08:08
Maktab deganda, avvalambor, ko'z oldimga “maktabimiz ustunlari” – ustozlarimiz keladi. Maktabimizda ko'p yillardan buyon muallimlik kasbidek sharafli kasb bilan shugullanib kelayotgan, yuqori saviya va tajribaga ega hamda yosh bo'lishiga qaramasdan ko'plab yutuqlarga erishayotgan ustozlar o'z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar. Maktabimizdagi har bir ustoz o'z ustida qattiq va tinmasdan ishlaydi, yani o'quvchilarga bilim berish, ularni ma'nan rivojlantirish bilan bir qatorda o'zlari ham ilm o'rganishdan to'xtamasdan doimo zamon bilan hamnafas yuradilar. Shu sababli ham ustozlarimizning deyarli barchasi oliy toifali hamda ko'plab ustozlarimiz turli kokrak nishonlari, unvon va mukofotlar sovrindori bo'lib ulgurganlar.


--- :: Fidoiy ustoz Zulfiya Bazarboyeva "Xalq ta'limi a'lochisi" ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

5-10-2023, 09:05
Fidoiy ustoz Zulfiya Bazarboyeva "Xalq ta'limi a'lochisi" ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.






Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]