1. Tanishtiruv-ishtirokchilarning ish faoliyatlari taqdimoti(rezyume beriladi, faoliyati aks etgan albom hakamlar hay’atiga taqdim etiladi, ekranda slaydli yoki videofilm namoyish etilishi mumkin) – 5 daqiqa – 10 ballgacha
2. Tarbiyaviy jarayon – ta’lim-tarbiya jarayonida uchraydigan ayrim muammoli vaziyatning yechimi ( avvaldan tayyorlab qo`yilgan vaziyat o`qib eshittiriladi) – 5 daqiqa – 10 ballgacha
3. Intellektual salohiyat (savol-javob) – 5 daqiqa, 5 ta savol, 10 ballgacha
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda me’yoriy hujjat tayyorlash-5 daqiqa (konvertda muhrlangan mavzu asosida xat yoki buyruq loyihasini tayyorlaydi hamda internet orqali ko`rsatilgan manzilga jo`natadi) – 5 daqiqa – 10 ballgacha
5. Erkin mavzu - 5 daqiqa – 10 ballgacha
Tanlovda eng yuqori ball to`plagan maktabimiz boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasi raisi Feruza Allaberganova I-o`rinni egalladi va ushbu tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo`lga kiritdi. Maktabimiz o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi Feruza Allaberganovaga omad tilaydi.