gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Milliy g`oya - bizning g`oya

Milliy g`oya - bizning g`oya

                                         Milliy g`oya - bizning g`oya

      2015-yil 25-sentabr kuni maktabimizda ,,Milliy g`oya- bizning g`oya” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabning 8-sinf o’quvchilari o`z chiqishlari bilan qatnashdilar.

    O’quvchilar Vatan, mustaqillik, istiqlolni, jaholatga qarshi ma’rifatni madh qiluvchi she’rlar aytdilar.

   G’oya va uning turlari, mafkura, Vatan, oila haqida fikr yuritdilar.  Prezidentimiz Islom Karimovning ,,Yuksak  ma’naviyat - yengilmas kuch’’ asarida xalqimiz, uning o’tmishi va kelajagimiz haqida aytilgan fikrlaridan namunalar keltirdilar.   

   Bugungi kundagi yoshlar o’rtasidagi muammolardan sahna ko’rinishlar tayyorlab, xalqimizning taniqli shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub ,,O’zbekiston’’ she’rini qo’shiq qilib kuyladilar.

   Tadbir orqali o’quvchilarni Vatanga , bilim olishga, mustaqil O’zbekistonga munosib farzand bo’lishga chorlandi. 

                                                            

                                                               Xayitboyeva Mohira                                                              ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]