gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Sizga ta`zim – sizga ehtirom !

Sizga ta`zim – sizga ehtirom !

Sizga ta`zim – sizga ehtirom!

            Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i

maktab bo`lsa, kasblarning ichida

eng sharaflisi o`qituvchilik

 va murabbiylikdir.

I.A. Karimov

 

                   O`qituvchi sofdil, kamtarin, ma`naviy boy, axloqan pok insondir. Ustozlar butun kuchlarini aql idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb – qo`ri-yu sehrlarini shogirdlariga baxshida  etib, oq-qorani, yaxshiyu yomonni tanitib qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazgan oliyjanob insonlardir.

                 "1-oktabr - ustozlar va murabbiylar kuni”. Shu  munosabat bilan maktabimizda  "Sizga ta`zim – sizga ehtirom!” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda  maktab o`quvchilari, maktabdagi barcha ustozlar, taklif qilingan faxriy ustozlar ishtirok etdi. 

                  Tadbirda 4-sinf o`quvchilari ustozlar haqida she`rlar o`zlarining tilaklari va allomalar fikrlarini aytishdi. 9-sinf o`quvchilari ustozlar haqida "Ustozlar” qo`shig`ini kuylashdi. Muhammad Yusufning "Oddiy muallim” she`rini 4-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek o`qib berdi va qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. 7-sinf o`quvchilar raqsi hammaning kayfiyatini ko`tardi.

                  Maktabimizda ko`p yillar davomida mehnat qilib, yosh avlodni tarbiyalashda o`zining munosib hissasini qo`shib kelgan o`quvchilarimizning sevimli ustozi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi  Gulsara opa Sobirova 55 yoshga to`lganligi munosabati bilan barcha o`qituvchilar va o`quvchilar tabriklashdi. Fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Gurlan tuman kengashining faxriy yorlig`i va esdalik sovg`asi, tuman xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi faxriy yorlig`i, maktab o`qituvchi va ishchi-xizmatchilari nomidan direktorimiz Sh. Jumatov , esdalik sovg`alarini topshirdi. Biri-biridan zukko, zehnli shogirdlari nomidan  Jumaboyeva Madina o`zining  dil  izhorlarini bildirdi. Gulsara ustoz ham hamkasblariga, shogirdlariga tilaklarini aytdi.  Bayram tadbiri yig`ilganlarda katta taasurot qoldirdi. Barcha ustozlarga sog`lik-salomatlik, ishlariga rivoj, oilalarida doimo  xotirjamlik bo`lishini tilaymiz !

                                                                                                                        Yusupova Gulasal, boshlang`ich ta'lim fani o`qituvchisi 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]