Viloyat hokimligining 2015 yil 19 sentabrdagi 67-sonli xatiga asosan, tuman XTMFMTTEB tuman hokimligi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi PF-2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil 8 oktabr kuni tuman madaniyat uyida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovi tuman bosqichi o`tkazildi. Tanlovda har bir maktabdan 5 nafar ijodkor qiz: adabiyot, san’at, madaniyat, ta’lim, fan yo`nalishlari bo`yicha ishtirokini ta’minlash so`ralgan edi. Maktabimizdan ushbu tanlovda ishtirok etgan 8 sinf o`quvchilari Jumaboyeva Madina, Xaytboyeva Shahodat, Jumaboyeva Arjumand, Sapayeva Dilnoza o`z ijodiy ishlarini himoya qildilar. Yakunda ta’lim yo`nalishi bo`yicha qatnashgan Jumaboyeva Arjumand ushbu tanlov tuman bosqichida I-o`rinni egalladi. Mamlakatimiz taraqqiyoti, uning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishida xotin-qizlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi jonkuyarligi, "Zulfiyaxonim izdoshlari” ko`rik tanlovi I-o`rin sohibasi Jumaboyeva Arjumand Gurlan tuman xotin-qizlar qo`mitasi faxriy yorlig`i va sovg`asi bilan mukofotlandi.