Maktabimizda 2015-yil 28-sentabr kuni "Mening mahallam tarixi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabning 8-sinf o’quvchilari Jumaboyeva Arjumand, Jumaboyeva Madina, Jumaboyeva Lobar, Siytimmetov Otamurodlar o’zlari tayyorlab kelgan ma’lumotlarni aytib o’tishdi. Dastlab ishtirokchilar Vatan haqida gapirishdi, she’rlar aytishdi. Mahalla, uning tarixi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tildi. O`quvchilar Gurlan tarixi va bu nomning qanday kelib chiqishi haqida gapirib o`tdilar. Kengroq aytsak, mo’g’ullar bosqini bilan bog’liq bo’lib "qurulayin” yani "kechuv joyi” degan ma’noni bildiradi. Gurlan ayni "qurulayin” so’zidan kelib chiqqan. Keyin mahalla tarixi haqida to’xtalib: Birlashgan qishlog’ida joylashgan to’rtta mahalla haqida malumot berib o’tdilar. "Shangi” mahallasida 397 xonadon, 2527 aholi, "Do’stlik” mahallasida 422 xonadon, 2538 aholi, "Birlashgan” mahallasida 628 xonadon, 3670 aholi, "Nukus” mahallasida 616 xonadon, 3894 aholi, jami qishlog`imizda 2063 ta xonadon va 12629 aholi istiqomat qilishi haqida aytib o’tdilar.
Undan tashqari, ushbu mavzu yuzasidan insho va referatlar tanlovi g’oliblari ham e’lon qilinib, maktabning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Insho tanlovi g’oliblari quyidagilar:
1-o’rin: Artiqboyeva Maftuna (8-sinf)
2-o’rin: Yo’ldosheva Shohsanam (8-sinf)
3-o’rin: Xaytboyeva Shahodat (8-sinf)
Referat tanlovi g`oliblari quyidagilar:
1-o’rin: Artiqboyeva Maftuna (8-sinf)
2-o’rin: O’razboyeva Sadoqat (7-sinf)
3-o’rin: Sobirova Sohiba (8-sinf)
Xo`jametov Intizom, tarix fani o`qituvchisi