gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Ogohlik – davr talabi !

2015 yil 16 noyabr kuni soat 8:00 da maktab o`qituvchilar xonasida "Ogohlik – davr talabi !” mavzusida yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilishda 38 nafar maktab o`qituvchi, ishchi-xizmatchilari qatnashdi. Maktab direktori Shuhrat Jumatov 13 noyabr kungi Fransiya poytaxti Parij shahrida bo`lib o`tgan terroristik xunrezliklar haqida gapirib, unda 153 nafar begunoh insonlar halok bo`lganligi, buning ortida ISHID xalqaro terroristik guruhi turganligi, ISHID terrorchilar to`dasi tomonidan Iroq, Suriya davlatlarida amalga oshirilgan buzg`unchilik siyosati haqida aytib, terror, ekstremizm, diniy ekstremizm tushunchalari ma’ni-mazmuniga e’tibor qaratdi.Yurtimizda ham mustaqilligimizga rahna solgan xalqaro terroristik oqimlar haqida, ularning asl maqsadlari, kirdikorlari haqida fikr bildirdi. Mamlakatimizda tinchlikni saqlash, tinch-osoyishta hayotning qadriga yetib yashash haqida gapirib, xodimlarni ogoh bo`lishga chaqirdi. Mahallada, ko`cha-kuyda notanish odamlar paydo bo`lsa, ular haqida tezlik bilan tuman ichki ishlar bo`limiga xabar berish haqida ogohlantirildi.Yuqoridagi direktor nutqidan keyin maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev, matematika fani o`qituvchisi Sh. Matkarimov fikr bildirib, xalqaro terroristik guruhlar xavfsizligimizga tahdid solishi mumkinligi, shuning uchun har daqiqa ogoh bo`lishimiz, "O`z uyingni o`zing asra !” shioriga amal qilib,  mamlakatimizda, xalqaro maydonda sodir bo`layotgan voqea - hodisalarga befarq bo`lmaslik haqida fikr bildirdilar.  
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]