"Eng namunali boshlang’ich xotin-qizlar tashkiloti raisi” ko’rik tanlovi tuman bosqichi Gurlan tumani hokimligi xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan edi. Tadbirda turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar qo’mitalari raislari ishtirok qilgan edi. Shular orasida men 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi Allaberganova Feruza umumiy o`rta ta’lim maktabi boshlang’ich xotin-qizlar tashkiloti raisi sifatida ishtirok qildim.Tadbir davomida berilgan shartlarni a’lo darajada bajargan holda eng yuqori ballni qo’lga kiritib, tuman hokimligi faxriy yorlig’i bilan taqdirlandim va viloyat bosqichiga yo’llanma oldim. Ushbu ko`rik-tanlov viloyat bosqichi Urganch shahri markazida joylashgan "Mahalla” xayriya jamg’armasi binosida o`tkazildi. Tanlov Xorazm viloyati tuman bosqichlarida g`olib bo`lgan , turli sohalarda: umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, tibbiyot, mahalla va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan boshlang`ich xotin-qizlar tashkioti raisalari qatnashdi, tanlov shartlari qatnashchilar ish faoliyatidan namunalar va taqdimotlar tayyorlashlari va hakamlar hay’ati tomonidan berilgan muammoli vaziyatning yechimini topishlari kerak edi.
Tanlovda umumiy o`rta ta’lim sohasida "Eng namunali boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi” sifatida viloyat bosqichida faxrli birinchi o’rinni egallab, respublika bosqichiga yo’llanma oldim. Men Allaberganova Feruza viloyatimiz xotin- qizlar qo`mitasining menga bildirgan ishonchini oqlashga harakat qilaman va bunga puxta tayyorgarlik qilmoqdaman.
Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ish xotin-qizlar qo`mitasi raisi: F.Allaberganova