2015 yil 21 oktabr kuni maktabimizda O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 26 yilligiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Tadbirni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Bahodir Kenjayev ochib berdi. Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Gulnora Madaminova 6-,7-sinf o`quvchilari bilan tayyorlagan tadbirda 7-sinf o`quvchisi Ataxanova Sevara, 6-sinf o`quvchisi Ataxanova Maftuna boshlovchilik qilishdi.
Erkin ruh, toza qalb, ozoda nafas,
Xalqim tafakkuri, shoni, orzusi.
Bizga nonday aziz jondan muqaddas,
Buyuk O`zbekiston davlatim tili.
Ushbu misralar bilan boshlangan tadbirda til millatning ulkan va bebaho boyligi ekanligi, hazrati Alisher Navoiy tilimizning naqadar nafisligi va qulay ekanligini har jihatdan isbot etuvchi mukammal badiiy asarlar yaratganligini aytib o`tdilar. Tadbirda Avaz O`tarning til haqidagi she’ri, Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan til haqida ibratli, hikmatli so`zlaridan namunalar aytildi. "Kim topqir” o`yini yig`ilganlarda katta qiziqish uyg`otdi. Til haqidagi ma’lumotlar, til haqidagi zamondosh shoirlar she’rlarlaridan namunalar yoddan aytildi. Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida aks etgan ona tilimiz haqida bildirgan fikrlari 7-sinf o`quvchilari O`rozboyeva Sadoqat, Abdirimova Zilola tomonidan o`quvchilarga yetkazildi. Tadbirga 6-sinf o`quvchilari tomonidan ijro etilgan raqs tadbirga o`zgacha joziba bag`ishladi. Tadbir yakunida oktabr oyida o`tkazilgan insho tanlovlarida g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar:
1. Konstitutsiya – baxtimiz poydevori.
Yo`ldosheva Shohsanam – I-o`rin
Zaripova Zarina – II-o`rin
Sobirova Sohiba – III-o`rin.
2. Ona tilim – jon-u dilim.
Yo`ldosheva Shohsanam – I-o`rin
Artiqboyeva Maftuna – II-o`rin
Sapayeva Dilnoza - III-o`rin.
3. Soliq bilimlari bolalarga.
Artiqboyeva Maftuna – I-o`rin
Sapayeva Dilnoza – II-o`rin
Xaytboyeva Shahodat - III-o`rin.
4. Biz prezident farzandlarimiz.
Artiqboyeva Maftuna – I-o`rin
Sapayeva Dilnoza – II-o`rin
5. Biz OITS va giyohvandlikka qarshimiz.
Artiqboyeva Maftuna – g`olib.
Tadbirni O`zbek tilining dunyo tillari orasidagi mavqei bundanda yuksalaversin deya niyat bilan MMIBDO` B. Kenjayev yopiq deb e’lon qildi.