O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturining 40-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom va XTB ning 2015 yil 30 sentabrdagi 270-sonli buyrug`iga asosan o`quvchi-qizlar o`rtasida "Orasta qizlar” ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Bu tanlovning maktab bosqichi 7-oktabr kuni o`tkazilib, 2015 yil 16 oktabr kuni soat 9:00 da 42-umumiy o`rta ta’lim maktabida tuman bosqichi o`tkazilib, unda maktabimiz 8 sinf o`quvchisi Xaytboyeva Shahodat qatnashib faxrli III-o`rinni egalladi. Tanlov quyidagi shartlar asosida o`tkazildi:
1. Tanishtiruv. Ishtirokchi 5 daqiqa davomida maktabning odob-axloq qoidalariga rioya etishga bo`lgan munosabatini namunaviy ko`rinishlar orqali aks ettirib berishi hamda odob-axloq va sog`lom turmush tarz iga oid o`zi yaratgan ijod namunalarining ko`rgazmasini namoyish etishi kerak (tasviriy san’at, haykaltaroshlik asarlari, kashtachilik, zardo`zlik va amaliy san’atning boshqa turlari) – 5 daqiqa – 10 ball
2. Savol-javob. 5 daqiqa ichida ta’lim-tarbiya jarayoni yoki oilada uchraydigan muammoli vaziyatlar bo`yicha 5 ta savolga javob beradi. 10 ball
3. Uy-ro`zg`or yumushlari. 5 daqiqa davomida pazandalik mahoratini namoyish qiladilar. Bunda kartoshka tozalash, sabzi to`g`rash, xamir yoyish va shu kabi topshiriqlarni bajaradilar. 10 ball.
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalari. Ishtirokchi 10 daqiqa ichida internet tarmog`I orqali o`zi o`qiydigan maktabi, yashaydigan tuman haqida ma’lumot olish hamda mazkur ma’lumotlarni o`zining electron pochtasi orqali belgilangan manzilga yuborishi lozim. 10 ball.
5. Erkin mavzu. 5 daqiqa. 10 ball.
Ishtirokchi ko`rik-tanlovga noutbuk bilan kelishi kerak.