gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: MAKTABIMIZ FAXRI: XALQARO SAT SERTIFIKATI SOHIBASI!

15-05-2026, 12:18
Maktabimiz jamoasi navbatdagi yuksak g'alaba va professional mahorat namunasi bilan faxrlanadi! Matematika fani o'qituvchimiz O'ralova Maqsuda Bahodir qizi xalqaro miqyosdagi nufuzli SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonida ishtirok etib, hayratlanarli natijani qayd etdi!
​???? Natijalar raqamlarda:
Maqsuda ustozimiz matematika bo'limidan imkon qadar 800 balldan 780 BALL to'pladi! Bu ko'rsatkich bilan u dunyo miqyosidagi eng yuqori 98-persentilga (top 2%) kirdi.
​✅ Davlat e'tirofi:
Ushbu xalqaro sertifikat Maqsuda ustozga amaldagi tartibga ko'ra oylik ish haqiga 50% miqdorida ustama olish imkoniyatini berdi. Bu tinimsiz mehnat va o'z ustida ishlashning munosib mevasidir!


Yangiliklar :: MAKTABIMIZ FAXRI: BILIM CHO‘QQILARINI ZABT ETAYOTGAN IQTIDOR!

14-05-2026, 08:36
Maktabimizning iqtidorli o‘quvchisi Atajanova Zuhra G'ayrat qizi o‘zining ketma-ket muvaffaqiyatlari bilan barchamizni quvontirmoqda. Matematika va tillarga bo‘lgan qiziqishi, tinimsiz mehnati bugun o‘z mevasini bermoqda.



Yangiliklar :: 10-sinfdayoq talabalikni naqd qilgan Maftuna: Mehnat va irodaning yuksak samarasi

12-05-2026, 08:30
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, hali maktabni bitirmasdanoq ulkan natijalarni qayd etayotgan yoshlarimiz safi kengayib bormoqda. Shunday iqtidorli o‘quvchilardan biri — Maftuna Dilshod qizi Madirimova.

Yangiliklar :: MAKTABIMIZ FAXRI: ZUMRADJONNING ZAFARLI YO‘LI!

7-05-2026, 08:23
Matematika malikasi, intiluvchan va iqtidorli o‘quvchimiz bilan tanishing!
​Maktabimiz 11-sinf o‘quvchisi Gulmirzayeva Zumradjon O'tkirbek qizi o‘zining mehnatsevarligi va ilmga bo‘lgan chanqoqligi bilan barchamizga namuna bo‘lmoqda.


Yangiliklar :: "Ta'lim fidoiysi" xotira turniri

25-04-2026, 18:51
2008–2018 yillar mobaynida Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan ta’lim fidoyisi, ustoz Xudoynazarov Ergash Xusainovichning xotirasiga bag‘ishlab matematika fanidan olimpiada o'tkazildi. Olimpiadada Xorazm viloyati tuman fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan 7-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.
Olimpiada yakuniy natijalariga koʻra  maktabimiz 11-sinf o'quvchisi Ismoilov Og'abek Anvar o'g'li ushbu olimpiadada faxrli 1-o'rinni egallab viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining diplomi bilan taqdirlandi.




Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 67 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Ноябрь 2026 (2)
Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Июнь 2026 (4)
Май 2026 (11)
Апрель 2026 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]