Maktabimiz 11-sinf o‘quvchisi Gulmirzayeva Zumradjon O'tkirbek qizi o‘zining mehnatsevarligi va ilmga bo‘lgan chanqoqligi bilan barchamizga namuna bo‘lmoqda. Uning so‘nggi yillardagi yutuqlari haqiqiy matonat va intilish natijasidir:
???? Matematika cho‘qqisida:
2025-yil: UrDUda o‘tkazilgan xotira turnirida faxrli 3-o‘rinni egallab, UrDU 3-darajali diplomiga sazovor bo‘ldi.
2025-yil may: Matematika fanidan Milliy sertifikat imtihonida eng yuqori — A darajadagi (100%) sertifikatni qo‘lga kiritdi! Bu fan bo‘yicha maksimal natija deganidir!
???? Xalqaro maydon sari:
2026-yil yanvar: EGMO (Yevropa qizlar matematika olimpiadasi) saralash bosqichida g‘olib bo‘lib, Toshkent shahridagi ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulotlarida o‘z malakasini oshirdi.
⚡️ Fizika fanida ham peshqadam:
2026-yil aprel: Fizika fanidan Milliy sertifikat imtihonida B daraja (91,75%) natijani qayd etdi.
???? Hozirgi natija: Zumradjon hozirning o‘zidayoq 161,8025 ballni naqd qilib qo‘ygan! Bu hali yakun emas. Oldinda uni majburiy fanlar (ona tili va tarix) kutmoqda.
Biz ishonamiz: Zumradjon yakuniy natijani 180 balldan oshirib, mamlakatimizdagi eng nufuzli oliygohlardan biriga Davlat granti asosida talaba bo‘ladi!Kelajakda Zumradjonni ilm-fan cho‘qqilarida ko‘rishga tilakdoshmiz. Omad senga yor bo‘lsin, maktabimiz faxri!



Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar