gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: TALABA - 2020

28-09-2020, 10:52
   Talabalik - o`quvchining yillar davomida qilgan harakatining samarasi.
Maktabimiz bitiruvchilari oliy ta'lim muassasalariga o`qishga kirishi 2005 - 2010 -yillar davomida 75-80% ni tashkil qilgan. Keyinchalik 9 yillik ta'limga o`tilgan va 2019-yildan o`quvchilarimiz yana 11-yillik ta'limni maktabda yakunlab boshladilar. Bu esa maktablar reytingini aniqlashda davlatimiz tomonidan ham, vazirlik tomonidan ham, mahalla ahli tomonidan asosiy e'tibor maktab bitiruvchilarining OTM ga kirishi bilan aniqlana boshlandi. O`tgan yili bitiruvchilarimizdan ikki nafari O`zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan bo`lsa (ikki nafari ham kontrakt asosida), Bu yilgi bitiruvchilardan 8 nafari qabul qilingan, shulardan uch nafari grant asosida, 5 nafari kontrakt asosida talabalikka qabul qilindi.




Yangiliklar :: "Yozgi ta'til - 2020" onlayn matematika olimpiadasi

26-09-2020, 15:43
O`quvchilarning yozgi ta'til davrini mazmunli o`tkazish maqsadida, o`quvchilarning matematika fanini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini hisobga olgan holda iyul va avgust oylarida 6 ta turdan iborat onlayn olimpiada tashkil tashkil qilindi. Onlayn olimpiada matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5-a va 6-a sinflari o`quvchilari uchun o`tkazildi. Yakunda yuqori natija ko`rsatib g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
 

Yangiliklar :: Dastlabki oltin medal sohibasi

27-06-2020, 16:37
Maktabimiz bitiruvchisi Lobar Boboxo`jayeva maktab(litsey)imiz tarixida birinchi bo`lib "O`qishdagi muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun" OLTIN medal bilan taqdirlandi.

 

Yangiliklar :: O`zbekiston Qizlar Onlayn Matematika Olimpiadasi

9-03-2020, 14:50
O`zbekiston Milliy Universiteti matematika fakulteti, O`quvchilarni Xalqaro olimpiadalarga tayyorlash KHISO o`quv markazi, "Sardor Bazaboyev" iqtidorli o`quvchilar uchun maxsus telegramm kanal tomonidan O`zbekiston Qizlar Onlayn Matematika Olimpiadasi 2020 yilning 7-mart kuni o`tkazildi. Olimpiadada respublikamizning 1500 yaqin o`quvchi qizlari, abituriyent va ayol ustozlar ishtirok etishdi. Olimpiada 2-3-sinf, 4-5-sinf, 6-7-sinf, 8-9-sinf va 10-11-sinf, abituriyent, ayol ustozlar toifalari bo`yicha o`tkazildi. Bu olimpiadada maktabimiz qizlari ham faol ishtirok etishdi. Jumladan 11-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar I darajali, matematika fani o`qituvchisi O`ralova Maqsuda III darajali diplom bilan taqdirlanishdi.

Yangiliklar :: Qizlar matematika olimpiadasi

8-03-2020, 13:57
Maktabimizda 5-mart kuni "Qizlar matematika olimpiadasi" o`tkazildi. Olimpiada 5-7-sinf o`quvchilar toifasi va 8-11-sinf o`quvchilar va abituriyentlar toifasida o`tkazildi. 5-7-sinf o`quvchi qizlar toifasida o`quvchilarning mantiqiy, qiziqarli, nostandart masalalardan tuzilgan (25 ta test) test savollari bo`yicha bilimdonligini aniqlashga, 8-11-sinf, abituriyentlar toifasida asosan o`quvchilarning matematika fanidan oliy o`quv yurti kirish test savollariga tayyorgarlik darajasini sinovdan o`tkazish (30 ta test, har bir to`g`ri javob 3,1 ball) va o`quvchilarning mantiqiy, qiziqarli, nostandart masalalardan tuzilgan (15 ta test, har bir to`g`ri javob 2,1 ball) test savollari bo`yicha bilimdonligini aniqlashga qaratildi. Bu olimpiadani o`tkazishdan asosiy maqsad matematika fanidan kuchli bilimga ega o`quvchi qizlarni "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayramida rag`batlantirish, hurmatini joyiga qo`yish edi. Yakunda  45 ta test savolidan 45 tasiga ham to`g`ri javob topgan shu maktabning 11-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 124,5 ball to`plab I-o`rinni egalladi. G`olib o`quvchi maktab faxriy yorlig`i, bayram sovg`asi va  homiylar tomonidan 100 000 so`m pul mukofoti bilan taqdirlandi.


Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 59 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]