gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: "Muhammad al-Xorazmiy" nomli olimpiadaning dastlabki 1-bosqich natijalari e'lon qilindi

15-02-2019, 11:58
2019 yil 11 fevral kuni "Muhammad al-Xorazmiy" nomli olimpiadaning dastlabki 1-bosqich natijalari e'lon qilindi. Viloyat Xalq Ta'lim Boshqarmasi Urganch Davlat Universiteti bilan hamkorlikda matematika fanidan “Al-Xorazmiy olimpiadasi”ga saralash bosqichi 8 yanvar kuni soat 13:00 da Olimpiadaning tuman bosqichini o‘tkazilayotgan binoda bo‘lib o‘tdi. “Al-Xorazmiy olimpiadasi”ga saralash bosqichida o‘tgan o‘quv yili
9 sinf o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining matematika fani bo‘yicha tuman bosqichida birinchi beshtalikka kirgan o‘quvchilar va 11 sinf o‘quvchilarining barchasi qatnashishi shartligi belgilandi. Olimpiada dastlabki saralash bosiqchida viloyatning 447 nafar 10-11-sinf o`quvchilari qatnashdi. Unda maktabimiz 10-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 50 imkoniyatdan 40 ball to`plab 1-o`rinni egalladi.olimpiada_dastlabki_natizhalari_10.rar [46,9 Kb] (cкачиваний: 99)


  

Yangiliklar :: Tuman fan olimpiadasi yakunlandi

13-01-2019, 20:45
2019 yilning 7-9-yanvar kunlari tuman fan olimpiadasi yakunlandi. Unda maktabimizning 5 nafar o`quvchisi g`oliblar safidan joy olishdi. Rus tili fani o`qituvchisi Bazarboyeva Zulfiyaning uchta shogirdi ham g`oliblar safida bo`lishdi: Ataxanova Maftuna (9-sinf, 3-o`rin), Quromboyeva Mashhura (10-sinf, 2-o`rin), Zaribboyeva Laylo (11-sinf, 3-o`rin). 10-sinf o`quvchisi Samandarov Rahmatjon fizika fanidan ikkinchi o`rinni egalladi. 10-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar Oybek qizi matematika fanidan 100 imkoniyatdan 100 ball to`plab 1-o`rinni egalladi.


Yangiliklar :: Men sevgan adabiy qahramon

13-01-2019, 20:35


Bugungi kunda yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Respublika miqyosida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Shulardan :,,Men sevgan adabiy qahramon’’ mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Zaripova Zarina ushbu tanlovning maktab, tuman, viloyat bosqichlarida faxrli I o’rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish sharafiga muyassar bo’ldi.

Yangiliklar :: Kombinatorika elementlari bilimdoni

7-12-2018, 22:44
Tumanning 29,30,41-maktablari va Gurlan xizmat ko`rsatish va transport kolleji o`quvchilari o`rtasida "Kombinatorika elementlari bilimdoni" tanlovi o`tkazildi. Afsuski bu tanlovda g`olib aniqlanmadi, to`g`rirog`i tanlovda qatnashgan o`quvchilar minimal 76 % natija ko`rsatib bilmadilar. O`ylaymizki, ular bu ko`rinishdagi misollar yechilish usullarini puxta o`rganadilar va keyingi tanlovlarda yuqori natija ko`rsatadilar.

Yangiliklar :: Iste’dodlar bo’y cho’zmoqda

1-12-2018, 14:23
Kundan kun rivojlanib dunyo nigohi qaratilayotgan yurtimizda yangidan yangi iste’dodli yoshlar o’z kuch va bilimlarini ko’rsatmoqdalar.Har bir shijoatli yosh avlod uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz ko’plab topiladi.Ular turli tanlov, musobaqalarda qatnashib yuqori o’rinlarni egallamoqda va mehnatlari uchun taqdirlanmoqdalar.
Назад 1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 59 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]