gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Jannat hidi kelgan rayhonim onam

8-03-2019, 12:02
Maktabimizda 7 mart kuni "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" ga bag`ishlangan "Jannat hidi kelgan rayhonim onam" nomli tadbir o`tkazildi. Tadbirni maktab direktori Sh. Jumatov ochib berdi. Barcha ayollarni, qizlarni bayram bilan qutladi. O`quvchilarni tadbirga maktab kutubxonachisi Xurshida O`tamuratova tayyorladi. Tadbir o`quvchilarga, ustozlarga bayramona ruh ulasha oldi.  


Yangiliklar :: Zulfiya - tong kuychisi

4-03-2019, 15:26
2019-yil 1- mart Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan “Zulfiya-tong kuychisi” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.


Yangiliklar :: Kitob-mening do`stimsan

1-03-2019, 08:10
“Kitob-mening do`stimsan” mavzusidagi ko`rik tanlov o`tkazish to`g`risidagi yo`riqnomada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha chora tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PQ-3271-son qaroriga muvofiq umumiy o`rta ta’lim maktablari boshlang`ich sinflarining 4-sinf o’quvchilari o’rtasida “Kitob-mening do`stimsan”mavzusida 3 bosqichli ko`rik tanlovni tashkil etish va o`tkazish belgilangan. Ko`rik tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad: Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish,ularning intellektual va ma’naviy saviyasini yuksaltirish,kitob o`qishga bo’lgan qiziqishi,intilishini qo`llab-quvvatlash,kitobxonlikni rivojlantirish orqali ularning Vatanimiz tarixi,milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tushuncha va bilimlar ko’nikmalarini rivojlantirish,milliy hamda jahon adabiyoti durdonalarini targ`ib etish va maktablarda kitobxonlik to`garaklari faoliyatini rivojlantirish.


Yangiliklar :: Matematika saltanati

27-02-2019, 17:00
2019 yil 27 fevral kuni "Fevral oyi - matematika va informatika fanlari oyligi" munosabati bilan maktabimizda "matematika saltanati" nomli tadbir o`tkazildi. Tadbirni 10-sinf o`quvchilari Boboxo`jayeva Lobar, Quronboyeva Mashhura, Nazarboyeva Zeboxon, Ataxanova Sevara tayyorlagan ssenariy asosida matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a​ sinf o`quvchilari​​​ o`tkazishdi. 


Yangiliklar :: Mantiqiy masalalar bilimdoni

24-02-2019, 06:09
"Fevral oyi -matematika. informatika fanlari oyligi munosabati bilan maktabimizda 2019 yil 22 fevral kuni "Mantiqiy masalalar bilimdoni" tanlovi o`tkazildi. Unda 5-11-sinf o`quvchilari qatnashishi rejalashtirilgan edi. Jami 13 ta mantiqiy masala berilgan bo`lib, 5-sinf o`quvchilari shundan 10 tasini o`zlari uchun belgilab olishlari, 6-,7- sinf o`quvchilari 11 ta, 8-,9-sinf o`quvchilari 12 ta, 10-,11-sinf o`quvchlari 13 ta masalani ham yechishlari kerak edi. Buning uchun o`quvchilarga ikki o`quv soati vaqt ajratildi. O`quvchilarimiz tomonidan ko`rsatilgan natijani yaxshi deb bo`lmaydi, lekin shu ko`rinishdagi tanlovlarni o`tkazish, natijalarni tahlil qilish. O`quvchilar bilan birga shu ko`rinishdagi masalalarni yechish jarayoni  ularda matematika faniga bo`lgan qiziqishni yanada oshiradi deb o`ylayman.
Назад 1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 60 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Март 2025 (1)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]