gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Tuman fan olimpiadasi yakunlandi

13-01-2020, 17:26
2019-2020- o`quv yili II tur tuman fan olimpiadasi yakunlandi. Olimpiadada Maktabimiz o`quvchilaridan ikki nafari 11-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar, 9-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Mohinur I o`rinni, 10-sinf o`quvchisi To`liboyeva Zubayda II o`rinni, 10-sinf o`quvchisi Gulimmatova Rayxon III o`rinni, O`rolboyev Suhrobjon III o`rinni egallashdi.

Yangiliklar :: "Bilimlar bellashuvi" 1-sinov bosqichi o`tkazildi

3-11-2019, 14:24
Matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a​-, 6a​-sinflarda matematika fanidan "Bilimlar bellashuvi" 1-sinov bosqichi o`tkazildi. ​​​​​​2019 yil 25-26-oktabr kunlari o`tkazilgan sinovda 5a​-sinfning 21 nafar o`quvchisi qatnashib unda Aminboyeva Durdona 1-, Otaxanov Javohir 2-, Ataxanov Asadbek, Gulmirzayev Behruz 3-o`rinni egalladilar va maktabning faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi. 2019 yil 1-2-noyabr kunlari 6a​-sinfda o`tkazilgan bellashuvda shu sinfning 25 nafar o`quvchisi va  7,8,9,10-sinflardan 12 nafar, jami 37 nafar o`quvchi bilimlarini sinovdan o`tkazdilar. Bellashuvda g`olib bo`lgan 6-sinf o`quvchilari: O`razmetov Jo`rabek (1-o`rin) ​​​​​, Davlatboyev Azizbek (2-o`rin), Yangiboyev Bunyod (3-o`rin) maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanadigan bo`lishdi.​ 


Yangiliklar :: Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika olimpiadasi Buxoroda o‘tkazildi

28-10-2019, 15:22
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida 25-26 oktabr kunlari Buxoro shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika olimpiadasi (qo`shimcha respublika olimpiadasi) o‘tkazildi.
      Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika faniga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.



Yangiliklar :: Olimpiada viloyat bosqichi g`oliblari taqdirlandi.

27-04-2019, 14:33
  Maktabimiz 10-sinf o`quvchisi Lobar Boboxo`jayeva matematika fanidan “Fan olimpiadasi” viloyat bosqichida 100 imkoniyatdan 89 ball to`plab 3-o`rinni egalladi va VXTB ning III darajali diplomi va medali bilan taqdirlandi. Olimpiada yozma ish shartida 50 balldan 49 ball to`plab birinchi natija ko`rsatdi. 
VXTB va UrDU tomonidan yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “Muhammad al-Xorazmiy” matematiklar olimpiadasi dastlabki saralash bosqichi 1-o`rin ( viloyatning 447 nafar 10-11- sinf o`quvchilari ishtirok etgan), yakuniy bosqichda 5-o`rinni egallagan. VXTB, UrDU va Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi diplomi va qimmatbaho sovg`asi (USB 3.1 Gen 1 PORTABLE HARD DRIVE) bilan taqdirlandi.



Yangiliklar :: Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus

25-04-2019, 15:16
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus bo`yicha maktabimizda tuman umumiy o`rta ta'lim maktablari uchun tadbir tashkil qilindi. Tadbirda tuman maktablari o`quvchilari rassaomchilik, kitobxonlik, tikuvchilik, AKT bo`yicha savodxonlik va sportning stol tennisi va shahmat sport turlari bo`yicha bellashdilar. Shuningdek maktabimiz sinf rahbarlari va to`garak rahbarlari tomonidan ochiq mashg`ulotlar o`tkazildi. 5 ta muhim tashabbus bo`yicha maktab o`quvchilari tomonidan tayyorlangan tadbir namoyish qilindi. 


Назад 1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 59 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]