gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Ming gujumdagi bir gujum

8-09-2023, 20:44
Yangi ustozlar, sinfdoshlar va yangi muhit, xuddi o‘zimni o‘zga sayyorada yurgandek his qilar edim. Arslonlar o‘ljasi uchun vahshiylarcha kurash olib boradi-ku bu yerdagi arslonlar o‘quvchilar bo‘lsa, o‘lja bilim edi. 







Yangiliklar :: MAKTABIMIZ O'QUVCHILARI KUMUSH MEDALLAR BILAN TAQDIRLANDI

28-06-2023, 17:30
Umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Ular orasida maktabimizning eng faol, zukko va intiluvchan o‘quvchilaridan Komiljonov Jo`rabek Va Matsapayev Diyorbek kumush medal sohibi bo‘lgani yanada quvonarli. 
Bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ular mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalanib puxta bilim egallashi, katta hayot yo‘lida mamlakatimiz rivoji uchun astoydil mehnat qilishi lozimligini ta’kidlandi. 


Yangiliklar :: Maktabimiz 30 yoshda.

24-05-2023, 21:02
                Maktabimiz 30 yoshda.
Bugun ertalab maktabimiz tashkil qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan yakuniy bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab pedagogika jamoasi, o'quvchilar, maktabimiz 1-direktori T. Sapayev, 2-direktori Sh. Matkarimov, maktabimiz tashkil qilingan dastlabki yillardan unda faoliyat olib borib ta'limda yuqori sifat samaradorligiga erishgan ustozlardan T. Kenjayev, M. Matsapayev, G. Saparboyev, Z. Do'schanova, A. Yusupova, tuman MMTB mudiri Y. Bobojonov qatnashdi . Tadbirni maktab direktori Sh. Jumatov ochib berdi va maktab 30 yillik tarixiga, erishgan yuqori natijalarga, sobiq o'quvchilarimiz yutuq, muvaffaqiyatlari haqida so'zlab verdi. Maktabimiz tashkil qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan olimpiadalarda g'olib bo'lgan, yuqori natijalarga erishgan o'quvchilarimiz ham shu tadbirda taqdirlandi. 

Yangiliklar :: Maktabim 30 yoshing muborak bo`lsin !

22-05-2023, 18:20
Maktabimiz tashkil qilinganligining 30 yilligiga bag`ishlab maktabimizning 5-,6-,7-,8a-,9a-sinflarida matematika fanidan olimpiada o`tkazildi.
Olimpiada 5 ta misol va masala asosida o`tkazilib jami 50 ballik tizimda baholandi. Bunda quyi sinf o`quvchisi yuqori sinf olimpiadasida o`z imkoniyatini sinab ko`rishi ham mumkin bo`ldi. Shuningdek, 9-sinf olimpiadasida tumandagi 42-AFChO`M o`quvchilaridan 8 nafari qatnashdi. O`quvchilar natijalari shu kuni sinflar telegramm guruhlarida e'lon qilindi. G`olib o`quvchilar yakuniy bayram tadbirida taqdirlanishi belgilandi.




Yangiliklar :: URDUDA MATEMATIKA BO'YICHA AN'ANAVIY XOTIRA TURNIRI BO'LIB O'TDI.

7-05-2023, 07:31
2023-yil 5-may kuni Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha an'anaviy xotira turniri boʻlib oʻtdi. Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti)da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazildi.


Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 59 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]