Zuhra qizimizning zafarli yo‘liga nazar solamiz:
???? Matematika malikasi:
Hali 6-sinfdayoq UrDU olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, o‘z salohiyatini ko‘rsatgan edi. 2024-yilda fan olimpiadasining tuman bosqichida ham g‘oliblar safidan joy oldi.
???? Milliy sertifikatlar sohibasi:
Matematika: 2025-yil noyabrda B+ daraja (92,85%);
Ingliz tili: 2026-yil may oyida hayratlanarli natija – 100 ball bilan B2 daraja! ????
???? Xalqaro maydon sari:
Joriy yil yanvar oyida Yevropa qizlar matematika olimpiadasi (EGMO) saralash bosqichida g‘olib chiqib, poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli o‘quv mashg‘ulotlarida mahoratini oshirdi.
???? Hozirgi natija: 160,3505 ball!
Zuhra hozirda ona tili va tarix fanlaridan majburiy bloklarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Maqsad aniq – yakuniy natijani 180 balldan oshirib, OTMga Davlat granti asosida kirish!
???? Kelajakdagi maqsad:
Iqtisodiyot yo‘nalishini tanlab, mamlakatimiz iqtisodiy ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish.
✨ Zuhra, senga ishonamiz!
Sening bu muvaffaqiyatlaring barcha tengdoshlaring uchun motivatsiya manbaidir. Keyingi imtihonlarda zafar yor bo‘lsin!



Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar