Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Mohira Xaytboyeva Xalq Ta'imi vazirligining "Xalq ta'limi fidoiysi" ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Fidoiy ustozimizni ushbu mukofot bilan tabriklab kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan "O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan maktabimiz direktori "O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi" esdalik nishoni sohibi Shuhrat Jumatov va maktabimiz matematika fani o`qituvchisi "Shuhrat" medali sohibi Bahodir Kenjayev taqdirlandilar.
2021 yil 5 iyun kuni Urganch davlat universitetida Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi. Xotira turniri 1966 – 1995 yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlandi.
2020-2021- o`quv yili mobaynida 6 ta sinov olimpiadalar, Qo`qon olimpiadasi saralash bosqichi, Al Xorazmiy olimpiadasi saralash bosqichi, "Qizlar matematika olimpiadasi", "Yigitlar matematika olimpiadasi" o`tkazildi. G`olib o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari, sovg`alar bilan taqdirlanishdi.
2020 - 2021 - o`quv yili aprel, may oylarida matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5,6,7-sinflarda o`tkazilgan sinov olimpiada yozma ish va test topshiriqlari va g`olib o`quvchilarni taqdirlash marosimlaridan fotosuratlar...