Maktabimiz faxri, 10-sinf o‘quvchisi Jumamuratova Shakira Oybek qizi navbatdagi cho‘qqini zabt etdi! ????
Shakira ixtisoslashtirilgan fan — Algebra bo‘yicha o‘tkazilgan CHSB (Choraklik yakuniy nazorat) sinovida 40/40 natija bilan 100 foizlik dovondan o‘tdi. Bu shunchaki raqamlar emas, bu tinimsiz mehnat va yuksak intellekt mahsulidir! ????
???? Shakiraning zafarlar solnomasiga nazar:
???? 2022-yil: UrDU olimpiadasi — 2-o‘rin;
???? 2023-yil: Informatika (topshiriqlar matematika fanidan) tuman bosqichi — 1-o‘rin;
???? 2024-yil: Fan olimpiadasi tuman bosqichi — 3-o‘rin;
???? 2025-yil: UrDU olimpiadasi — 2-o‘rin;
???? 2026-yil: Algebra CHSB — 100 ball!
Ushbu ulkan yutuq bilan Shakirani, uning ota-onasi va ustozlarini chin qalbdan tabriklaymiz! Maktabimizning har bir o‘quvchisiga mana shunday yuksak natijalar tilab qolamiz. ✨
Olg‘a, Shakira! Keyingi bekat — Respublika va Xalqaro olimpiadalar!

Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar