11-A sinf o‘quvchisi Ismoilov Og‘abekdan navbatdagi REKORD! ????
Maktabimiz faxri Ismoilov Og‘abek navbatdagi ChSB sinovida o‘zining mutaxassislik fani — Algebradan 40/40 ball to‘plab, 100 foizlik natija qayd etdi! ????
Og‘abekning bu muvaffaqiyati tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan ulkan mehnat mahsulidir. Uning g‘alabalar xronikasiga nazar soling:
???? 2022-yil: Al-Xorazmiy olimpiadasi tuman bosqichi — 1-o‘rin (8-sinf)
???? 2023-yil: Fan olimpiadasi tuman bosqichi — 1-o‘rin (9-sinf)
???? 2024-yil: UrDPI Rektor olimpiadasi — 2-o‘rin
???? 2024-yil: Fan olimpiadasi tuman bosqichi — 1-o‘rin (10-sinf)
???? 2025-yil: UrDU olimpiadasi — 3-o‘rin
???? 2025-yil: Matematika fanidan A darajali Milliy sertifikat sohibi
???? 2025-yil: Fan olimpiadasi tuman bosqichi — 1-o‘rin (11-sinf).
Shuningdek, u olimpiada viloyat bosqichlarida ham yuqori natijalarni ko‘rsatib, maktabimiz nufuzini munosib himoya qilib kelmoqda.
Kelajakdagi nufuzli imtihonlarda va hayot yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!

Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar