gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika turniri o‘tkazildi

Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika turniri o‘tkazildi

Urganch davlat universitetida atoqli matematik olim, akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bag‘ishlangan matematika fani bo‘yicha “Xotira turniri” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli turnirda viloyatimizdagi umumta’lim maktablaridan 60 nafarga yaqin matematika faniga qiziqadigan, bilimga chanqoq hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Bellashuv jarayonida yosh matematiklar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va mustahkam bilim salohiyatini namoyon etib, qiziqarli hamda murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Azimboy Sadullayevning boy ilmiy merosini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

Yozma ishlar natijalariga ko‘ra turnir g‘oliblari aniqlandi. Taqdirlash marosimida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, ularni bilim olish sari yetaklagan ustozlariga Tashakkurnomalar topshirildi.Bugun maktabimiz jamoasi uchun nihoyatda quvonchli va g'ururli kun! O‘quvchilarimiz va ustozlarimiz nufuzli ilm maydonida maktabimiz nomini yana bir bor yuqori cho‘qqilarga olib chiqdilar.
​Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha akademik Azimboy Sa’dullayev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xotira turniri (olimpiadasi) yakuniy natijalariga ko‘ra, vakillarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi!
???? Qahramonlarimiz bilan tanishing:
Gulmirzayeva Zumradjon (11-sinf o‘quvchisi) — o‘zining kuchli bilim va mantiqiy salohiyatini namoyon etib, olimpiadada faxrli 3-o‘rinni egalladi va 3-darajali Diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!
Atajanova Zuhra (11-sinf o'quvchisi) — o‘zining iqtidori va ilmga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turib, "Olimalar e’tirofi" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi hamda Olimalar kengashining Faxriy yorlig‘iga sazovor bo‘ldi!
????‍???? Zahmatkash ustozlarimizga ehtirom!
​Har bir muvaffaqiyat ortida fidoyi ustozlarning tinimsiz mehnati va bergan saboqlari yotadi. O‘quvchilarimizga bilim bergan tajribali va fidoyi matematika fani ustozlarimiz:
Bahodir Kenjayev
Hamidjon Abdullayev
​Universitet rahbariyati tomonidan alohida e’tirof etilib, maxsus Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar!
???? Maktabimiz ma’muryati, ota-onalar hamda tengdoshlari nomidan g‘oliblarimizni va ularning ustozlarini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlar bilan butun maktabimiz faxrlanadi!
Keyingi nufuzli bellashuvlarda ham zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz! Ilm yo‘lidagi parvozingiz bardavom bo‘lsin!


Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Июнь 2026 (4)
Май 2026 (11)
Апрель 2026 (2)
Март 2026 (6)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]