Har bir ta’lim maskanining chinakam boyligi, uning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yetishtirib chiqargan barkamol avlodi va muvaffaqiyatli shogirdlari bilan o‘lchanadi. Bugun maktabimiz jamoasi, ustoz va murabbiylari uchun g‘oyat quvonchli hamda unutilmas kun!
Maktabimizning sobiq o‘quvchisi, bugungi kunda o‘zining iqtidori, ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqi va ijtimoiy faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan Sapayeva Dilnoza yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
✨ Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Respublika ilmiy konferensiyasi” hamda uning doirasidagi “Yangi O‘zbekiston iftixori” forumida Dilnoza o‘zining erishgan yutuqlari va intilishlari samarasi o‘laroq, faxrli “Yangi O‘zbekiston iftixori” ko‘krak nishoni hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.
???? “Ustoz, bergan ta’lim-tarbiyalaringiz uchun yana bir bor rahmat aytaman. Yaqinda ‘Yangi O‘zbekiston iftixori’ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim...” — deya o‘z yutug‘ini ustozlariga bag‘ishlagan mard va sadoqatli shogirdimizning bu so‘zlari barcha o‘qituvchilarimiz ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.
Ustoz uchun shogirdining kamolini ko‘rish, uning jamiyatda o‘z o‘rnini topib, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishganidan guvoh bo‘lish — eng oliy baxt va mukofotdir! Biz bergan ta’lim va tarbiyamizni oqlab, mana shunday yuksak marralarni zabt etayotgan Dilnoza bilan faxrlanamiz.
???? Maktabimiz ma’muriyati va butun pedagogik jamoasi nomidan Sapayeva Dilnozani ushbu nufuzli mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sening muvaffaqiyating maktabimiz tarixidagi go‘zal sahifalardan biri bo‘lib qoladi. Kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatingda ham doimo zafarlar yor bo‘lsin!
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, maktabimiz iftixori!

Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar