Bugun, 22-may kuni soat 13:00 da maktabimizda 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan intellektual liga musobaqalarining navbatdagi 4-bosqichi (4-LM) start oldi.
O‘quvchilar o‘z bilim darajalariga ko‘ra quyidagi ligalarda o‘zaro bellashdilar:
Oliy liga,
1-liga,
2-liga
3-liga
⏱️ Ajratilgan 45 daqiqa davomida o‘quvchilar mantiqiy va qiziqarli masalalarni yechish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Sinfxonada haqiqiy ilm bahsi muhiti hukm surdi.
MIdobaqan yuqori saviyada, shaffof va tartibli tashkil etildi. Bellashuvda ishtirok etgan barcha zukko o‘quvchilarimizga kelgusi bosqichlarda ham omad va zafarlar tilaymiz! ?
O'tkazilgan 4-LM natijalariga koʻra oliy liga quyidagi tarkibda bu o'quv yilini yakunlayapti:
1. To'liboyev Farruxbek;
2. Sa'dullayev Hamidjon;
3. Xaytboyev Sardor;
4. Imomaddinov Mehriddin;
5. Yangaboyeva Umida;
6. Davlatboyev Quvonchbek.
Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar