Bobur ota yurt shaydosi edi.Uning har bir dil o’rtaguvchi quyma satrlari,xotiralarida bu ajoyib tuyg’u ustunlik qilardi.Har lahza ota yurtini yana bir bor ko’rish,uning havolaridan to’yib-to’yib nafas olish sog’inchi ila yashardi.Boburshoh farzandi Humoyunning axloq-odobi va kamolotiga alohida e’tibor beradi.Unga ham ota makoni haqida gapirib berardi.Ma’naviy dunyosi keng bu shaxs haqida qancha gapirsak ham oz. 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan maktabimizda “Nazm gulshanidagi yog’du” mavzusi ostida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda 5-,6-,7-sinf o’quvchilar o,z chiqishlari bilan qatnashdi.Tadbir Umarshayx Mirzoni farzand bilan tabriklash marosimi aks ettirilgan sahna ko’rinishi bilan boshlandi.Keyin o’quvchilarning Bobur hayoti va ijodi haqidagi fikrlari bilan davom etdi.Shoir haqida mashhurlar aytgan fikrlar,zamondosh shoirlar satrlaridagi Bobur xayoloti,uning ruboiylari,”Boburnoma” da tasvirlangan mevalar,uning tarjimalari haqidagi ma’lumotlar tinglandi.Farzandi uchun jonini fido qilgan ota obrazi aks ettirilgan sahna ko’rinishi namoyish etildi.Tadbir davomida Bobur g’azallari bilan aytilgan qo’shiqlarga qizlar raqsga tushishdi.