9.02.2018 yil Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag’ishlab “Buyuklikning boqiy ovozi” mavzusida o’tkazilgan tadbir o`tkazildi. Tadbirda maktabimiz direktori Sh.Jumatov so’zga chiqib har bir millatning ulug’ farzandlari, buyuk daholari bo’ladi. Ular Alloh ato etgan mislsiz qobiliyat, iroda ,tengsiz kuch-g’ayrat, teran aql-idrok, odob- ahloqlari bilan shu xalqning muqaddas timsollariga aylanadi. Ana shunday buyuk siymolardan biri Mir Alisher Navoiy hazratlaridir deb ta’kidladi. Tadbirda 307 nafar o’quvchi va o’qituvchilar jamoasi qatnashdi. Tadbirda 7-8- 9-sinf o’quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan nomerlari bilan chiqish qilishdi. O’quvchilar Alisher Navoiyning g’azallari, ruboiylari, Navoiy haqida aytilgan fikrlardan namunalar aytishdi. Alisher Navoiy asarlaridan sahna ko’rinishlari ko’rsatdilar.Tadbir ko’tarinki ruhda davom etdi.