Taniqli o`zbek shoirasi, sadoqat va vafo timsoli Zulfiya tavalludining 100 yilligigiga bag`ishlab "Ma'naviy jasorat sohibasi " mavzusida tadbir 7-sinfning "Zulfiyaxonim qizlari" va 8 - sinfning "Zulfiyaxonim izdoshlari" o`quvchi qizlar guruhlari o`rtasida bellashuv tarzida o`tkazildi. Bunda o`quvchilar Zulfiya hayoti va ijodi bo`yicha egallagan bilimlarini namoyish qildilar. Ular tomonidan tayyorlangan devoriy gazeta va bukletlar tadbir o`tkaziladigan sahnadan joy oldi. Bellashuv 5 ta shart asosida o`tkazildi: Tanishtirish ( Zulfiya hayoti va ijodi bo`yicha), savol-javob (guruhlar 5 tadan savollarga javob berdilar), mushoira, sahna ko`rinishi, buklet tayyorlash. Yakunda 7-sinfning "Zulfiyaxonim qizlari" guruhi g`olib chiqdi. Tadbirda ikkiala guruh ham faollik ko`rsatgani uchun maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek Zulfiya tavalludining 100 yilligigiga bag`ishlab "Ma'naviy jasorat sohibasi " mavzusida o`tkazilgan insho, referat, devoriy gazeta tanlovlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilar ham maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.