gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Ayol borki olam munavvar

2018 -yil 7-mart kuni Xalqaro xotin –qizlar kuniga bag’ishlangan “Ayol borki olam munavvar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabimiz direktori Sh.Jumatov so’zga chiqib ayol azal- azaldan go’zalik timsoli va nafosat ramzi, ilmu ma’rifatga intiluvchi qalblarning murabbiyi deb e’tirof etiladi. Uning siymosida bahor jilosini ko’rishimiz mumkin. Ayol bahor bu ikki kamol bir-biriga bog’liq, mushtarakdir.O’zining yashartirishiga, yaratuvchanlik bo’lgan qudratini bahor ayoldan o’rgangan dedi. Tadbirda 307 nafar o’quvchi va o’qituvchilar jamoasi qatnashdi. Tadbirda 1-2-3-4-5-6-7-8-9-sinf o’quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan nomerlari bilan ishtirok qilishdi. Tadbirni 9-sinf o’quvchisi O’razboyeva Sadoqat va 8-sinf o’quvchisi To’liboyeva Zubayda olib bordi. O’quvchchilar bayramda o’zlari yod olgan onalar va qizlar haqida she’rlar, onalar haqida allomalarimizning fikrlari, ma’ruza, sahna ko’rinishi va raqsga tushdilar.Tadbir oxirida barcha o’qituvchi va o‘quvchi qizlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir ko’tarinki ruhda davom etdi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]