She’riyat chamanida bulbullar xonishi turfa va takrorlanmas.Shu chamanga go’zal iforlar taratolgan shoirlardan biri Muhammad Yusufdir.She’rlaridagi tuyg’ular,dard har bir qalbni larzaga keltiradi,har bir satri yurakni titratadi.She’rlari xushovozlar tomonidan kuyga solindi-yu,bu dard ohangrabo bo’lib yangradi.Shoirga xalq dardi bilan yashash,elning sevimli o’g’loni bo’lish,kitobxonlar ko’nglidan chuqur joy olish baxti nasib etdi.U bugungi kunda yurt e’tirofida,yosh avlod tillarida yangramoqda.
Bugun otashnafas shoir hayot bo’lganlarida payg’ambar yoshini qarshi olardilar,uning xotirasiga maktabimizda ,,Mehr qolur,muhabbat qolur” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda M.Yusuf hayot yo’li,she’rlaridan namunalar,ma’ruzalar tinglandi.Uning ,,Qora quyosh” nomli dostonidan sahna ko’rinish namoyish etildi.O’quvchi qizlar shoir she’rlari bilan aytilgan qo’shiqlarga raqsga tushishdi.Tadbir o’quvchilar qalbida va yodida M.Yusufni yana bir bor gavdalantirgan bo’lsa ajabmas.
Masharipova Mahfuza, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi.