Erkin Vohidov chinakam o’zbek shoiri edi. El-yurtiga munosib farzand bo’lishni yuragiga mahkam tugdi. Va bu yo’lda samarali ijod qildi. O’z ijodida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. Go’zal va ranggin g’oyalari bilan betakror ijod mahsulini yaratdi. Oddiygina kundalik hayotda kuzatiladigan hodisalar, insoniy tuyg’ular uning xayolot dunyosidan chetda qolmadi. Shoir ezgu maqsad uchun qalam tutdi va bu yo’lda hormay-tolmay ijod qildi.
Qalam mangu hamroh bo’lding yo’limga,
Bir umrga hamroz bo’lding yo’limga.
Men shoirlik da’vosini qilmadim,
Ezgu maqsad seni tutdi qo’limga.
Ana shu otashnafas shoirning 80- yilligi munosabati bilan maktabimizda tadbir o’tkazildi. Tadbirda 6-sinf E.Vohodov ijodi,hayot yo’li haqida o’z chiqishlarini namoyish etdilar. Shoirimiz ijododidan she’rlar tinglandi. Urushning o’zbek bolalariga keltirgan kulfatlari, iztiroblari keng yorilgan ,,Nido” dostonidan parcha namoyish etildi.
E.Vohidov donishmandona asarlari bilan xalqimiz ko’nglidan mangu joy olgan, avlodlar xotirasida abadiy yashaydi.
Mahfuza Masharipova, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi