gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Ming gujumdagi bir gujum

4-sinf paytim orzuyimdagi maktabni topgan edim. Har yili avgust oyida maktabga qabul uchun imtihon bo‘lardi. 5-sinfni yangi maktabda o‘qishni niyat qilgan edim. Afsuski imtihondan o‘ta olmadim. 6-sinfda niyatimga yetdim. Bu maktab ta‘limi ham, tarbiyasi ham juda boshqacha edi. Ichki tartib - qoidalar uncha-muncha qamoqxonani ortda qoldirardi. Bu yerda o‘qigan o‘quvchi xalq tili bilan aytganda, odam bo‘lib chiqardi.
Yangi ustozlar, sinfdoshlar va yangi muhit, xuddi o‘zimni o‘zga sayyorada yurgandek his qilar edim. Arslonlar o‘ljasi uchun vahshiylarcha kurash olib boradi-ku bu yerdagi arslonlar o‘quvchilar bo‘lsa, o‘lja bilim edi.
Darslar qattiq sistemada olib borilar, davomat, o‘quvchilar formasi ham qattiq nazoratga olingan edi. Bu jarayon, bu tartib shu paytgacha o‘zini oqlab kelmoqda. Masalan: Koreyada fan doktorligini himoya qilgan S. Tajimuratov, fan doktorligi tadqiqot ishlarini olib borayotgan H. Bo‘tanov (fizika Shvetsariya), A. Rajabov (avtomobil Xitoy) kabi fan fidoiylari yoki bundan tashqari prokratura xodimlari, o‘nlab leytenant, bank boshqaruv raislari, sud departament xodimlari, sog‘liqni saqlash xodimlari va boshqa turli xil sohalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar aynan shu maktab bitiruvchilaridir. Maktabni tugatgan bitiruvchilarning 70-80% i 11 yillik bilim bilan (qo‘shimcha darslarsiz, repetitorlarsiz) oliy o‘quv yurtiga kirishmoqda.
Biz sinfimizda 22 nafar o‘quvchi o‘qiganmiz. Hozir hammamiz o‘z yo‘nalishimizni, o‘z o‘rnimizni topganmiz. Maktabda o‘qiyotgan paytimdayoq jurnalistikaga qiziqqanman. O‘qituvchilarim, albatta, sendan yaxshi jurnalist chiqadi, deb qo‘llab-quvvatlashgan. Mana hozir izlanishdaman. Bolaning ta‘lim olish davridagi eng ko‘p vaqti maktabda o‘tadi. Hayotga moslashishi, dunyoqarashi shakllanishida ham maktabning o‘rni beqiyos. Ma‘lum kasb egasi bo‘lishi, hayotga tayyor bo‘lishi shart.
Yurtimizdagi barcha islohotlar inson manfaatlari va xalq faravonligi yo‘lida amalga oshirilmoqda. Jamiyat va davlat taraqqiyoti ertasining qanday bo'lishi sifatli ta'limga bog'liq. Azaliy qonuniyat- ilm-fanga suyangan davlat va jamiyat yutqazmaydi. Maktablar esa bo‘lg`usi olim, akademiklarni tayyorlash va aniqlashda eng muhim bosqich.
Qishloq maktablarida zamonaviy shart-sharoitlar yo‘q, tajribali va bilimli pedagoglar yo‘q deydiganlar ko‘p albatta. To‘g‘ri 100% zamonaviy emasdur, lekin kasbini sevuvchi mutaxassislar ko‘p, albatta. Shular qatorida Gurlan tumani 41-maktab jamoasi. Bu jamoa yurtimizga qanchadan-qancha ilmli, savodli kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shyapti. Cheksiz rahmatim shu jamoa uchun!

Sapayeva Dilnoza
2019 yil 41-maktabni tugatgan.
Hozirda O'zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 4 bosqich talabasi.








Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]