Gujumlar mamlakatidagi sehrli qirollik
Yoshligimizda oynaiy jahondan "Susambil" degan mamlakat haqida kòp gaplar eshitganmiz. Bu mamlakatda òtning bòliĝi, suvning tiniĝi borligi, azob-uqubat yòq, oziq-ovqat mòl-kòl ekanligi ertaklarda juda yaxshi tasvirlab òtilgan. Bir tarafdan bu ertaklarga ishongimiz kelmaydi, ikkinchi tarafdan esa aslida "Susambil" nomli gòzal diyor xuddi biz yashayotgan joydek tuyulaveradi kònglimga.
Meni qalam ushlab, oq qoĝozga bu gaplarni yozishga undagan ham bir sòlim gòshadir aslida. Hayotimiz davomida, maktabda, òqish yoki ishda òtmishdagi turli xil mamlakatlar, qirolliklar, necha ming xalqni òz qòliga olgan podishohlar haqida kòp eshitganmiz albatta. Tarixdan ma'lumki ularning barchasida turli xil urshlar, nizolar kòp bòlgan. Lekin shunday bir mamlakatda qandaydir bir sehrli qirollik borki, u necha yillardan buyon osoyishtalikka ega bòlib kelmoqda. Men aytayotgan bu qirollik "Gujumlar mamlakatidagi sehrli qirollik"dir. Ha, ha tòĝri eshitdingiz, "tarbiya" nomli poydevor ustiga qurilgan "Gujumlar mamlakatidagi sehrli qirollik". Agar siz bu saltanat haqida eshitmagan bòlsangiz maqolani diqqat bilan òqib chiqing. Albatta sizning ham bu joyda 1 kun bòlsada bòlib qolgingiz keladi. Har 1 daqiqa ĝanimat hisoblanadi. Xullas gapni kòp chòzmasdan biz "Qirollikka" sayohatni boshladik....
Yer yuzining Òzbekiston deya atalgan, Allohning nazari tushgan, yerlariga chòp qadasangiz daraxtga aylanib meva beradigan, har tong bulbullar madhini òqib ado etolmaydigan jannatmakon bir yurtda Xorazm viloyati joylashgan edi. Xorazmning chekka hududida esa òsha tillarda doston bòlgan "Gujumlar mamlakati" qad rostlagan. "Saltanat"ga sizni 3ta yòl olib boradi. Bu "Sehrli qirollik" Gurlan tumani hokimi Amin Vapoyevning 1993-yil 30-iyundagi 161-sonli qarori bilan tumandagi "Birlashgan" qishloĝida tashkil etilgan 41-sonli maktab-litseyidir. Litseyda dastlab matematika, informatika, fizika, ingliz tili fanlari chuqirlashtirilgan tarzda òrgatilishi belgilangan.
Tajiboy Sapayevning boshiga esa "Qirollik toji" kiydirilgan. Saltanat boshi bòlmish Tajiboy Sapayev yosh, bilimdon, shijoatli "vazir" va "a'yon"larni òz atrofiga olganligi sababli litsey nafaqat tumanda, balki viloyatda ham òz òrniga ega bòldi.
Maktab ajoyib 1 manzara yonida joylashgan. Shimoldan qaraysizmi, sharq yoki ĝarbdan qaraysizmi yuzlab gujumlar litseyni xuddi "otliq askarlardek" qurshab olgan. Maktabning oz fursatlarda ĝalaba chòqqilariga chiqqanligi, òquvchilarning maktab hudida òrnatilgan tartib-intizom qoidalaridan oĝishmasliklari sababli butun Xorazm xalqi ushbu ilm dargohini "Sehrli qirollik" deya atay boshlashgan. Qurollikning muvaffaqiyatlari siri nimada ekanligi hammada qiziqish uyĝotgan. Aslida esa "Gujumlar saltanatidagi sehrli qirollik"ning siri, uning kuch-qudrati "podishoh"ning "saltanat"ni boshqarishdagi tuzgan, puxta òylangan strategiyasi va uning maslahatchilari bòlmish "vazir" va "a'yon"larning ya'ni ustoz va murabbiylarning ta'lim bilan birgalikda bergan tarbiyasining mevasi edi.
Kunlar ketidan oylar, oylar ketidan yillar "quvlashmachoq" oʻynab, 1997-yil sentabr oyidan Shomurod Matkarimov "qirollik" egasi qilib saylandi. "Xayrli ishning xayrixohi koʻp" deganlaridek mamlakatning keyingi podishohi ham qirollikning yer yuzidagi mavqeyini oshirish uchun oʻz ishini birinchi oʻringa qoʻydi va uning natijasi 2005-2006- yillarda oʻz kuchini koʻrsatdi. Bu davrda boʻlajak "nizomi millati va din" egalari boʻlmish oʻquvchilarning Oliy oʻquv yurtlariga kirish koʻrsatgichi 75-80%ga chiqdi. Keyinchalik olim-u fozillardan tashkil topgan sehrli qirollik Respublika miqyosidagi koʻrik-tanlov, fan olimpiadalarida qatnashishni boshlashdi.
2005-yilda esa bu "sirli qirollik" ka ayni qishning qahraton sovugʻida 1 oʻchmas olov, iliqlik bilan Shuxrat Jumatov raxbarlikka kirib keldi. Podishohning oʻy-xayolini avlodlarga munosib yetakchi, bosh boʻlish egallab oldi.
Aql aqldan quvvat olib, "saltanat" gullab-yashnay boshladi. Oʻtgan davr mobaynida oʻquvchilar viloyat va Respublikada yetakchi oʻrinlarni egallagan boʻlishsa, yangi "qirol" davriga kelib Xalqaro musobaqalarda ishtirok etib butun yer yuzini hayratga solib qóyishdi.
"Saltanat"dagi "muqarrabi hazrati sultoniy" bólmish Kenjayev Bahodir "Yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida ózining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgani uchun" Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 28-sentabrdagi farmoniga binoan "Shuxrat" medali bilan mukofotlandi.
Maktabning yutuqlari, undagi tartib- intizom, fidokor ustozlar jamoasi, bilim olishdan charchamaydigan óquvchilar tillarda doston bólishdi. Bu "sehrli qirollik" haqida aytilmagan qóshiq, yozilmagan she'r qolmadi.
Men ham shu "saltanat" ning ilk qaldirğochlari qatorida bor edim albatta. Qóllarimdan tutib, yuragimga "Vatan" hissini óchmas qalam ila yozgan ham shu maktabning 1 dono murabbiysidir. Bolaning kelajakda bilimli, yaxshi inson bólishi uchun sharoit hech qanday ról óynamaydi. Bu faktdir! Esimda, maktabimizning informatika xonasida atigi 2 ta komputer bor edi. Lekin shunga qaramasdan ustozlarimiz bizga tinib-tinchimasdan dars ótardilar. Va biz bu darslarni hech qanday komputerlarsiz ham yaxshi tushunardik. Boshqa maktab óquvchilariga óxshab sport zalida dars ótolmasdik. Chunki bizda sport zali yóq edi. Qarang, sabri toğlardanda baland ustozlarimiz bizni bósh qóyishmadi. Shaxmat, shashka órgandik. Zehnimiz ótkir bóldi. Maktabimizda texnikalar yetarli bólmasada, 1 olam boyligimiz, kutibxonamiz bólardi. Lekin bu yetishmovchilik bizga hech qanday ta'sirini kórsatmadi. Bir achchiqning bir chuchugi bóladi albatta. Bizga ustozlarning motivatsiyasi va jonkuyarligi yetardi.
Yillar óz hukmini ótkazib katta bóldik. Qadrdon partalarimiz, yoshligimiz ótgan maktab hovlisi bizni katta hayotga kuzatdi. Deyarli 90%ga yaqinimiz oliy óquv dargohiga qabul qilindik. Maktabimizda ham sport zali, komputer xonalari bunyod etildi. Demoqchimanki, "vaqtim yóq", "sharoitim yomon", "ahvolim oğir", "ishim yaxshimas" bular sabab emas baxona hisoblanadi. Buyuklarning ham 1 kunda 24 soat vaqti bólgan. Senda ham xuddi shunday! Hazrat Alisher Navoiy, Z. M. Bobur sham yoruğida dars qilishgan. Sharoitni rókach qilma! Ahvoling Mahmudxója Behbudiy yoki Abdulla Avloniyniki singari yomon emas albatta. Ular shu vaziyatda ham ma'rifat shulasiga talpinishdi. Zarra singari narsalarni koinotga tenglashtirma! Óqi! Órgan! Izlan! Bu hayotda maktab va madrasadam boshqa yaxshi joy, ilimdan, boshqa najot yóqligini aslo unutma.
Sehrli qirollikning bólajak qirollari, qirolichalari, olim-u donolari dunyoni ilm bilan qólga olishga, marsda hayot yaratishga tayyor turgan bir davrda vaqtingni "gadjet" lar bilan ótkazma.
Tanlov ózimizdan. Shox yoki qul bólish óz qólimizda.
Sehrli qirollikdagi keyingi yutuqlar kitob yozishga ham arzidi aslida. Lekin bizni ustozlarimiz kamtarlikka órgatishgan. Asalning ham ozi yaxshi albatta. Agar farzandingiz avlodlaringizga munosib bólishini istasangiz sohibquron Amir Temurdek, Tómarisdek bólishini xohlasangiz hech shubxasiz "Sehrli qirollik" sizga óz bağrini ochadi. Men bunga ishonaman.
Kimyo texnologiya universitetining 3-bosqich talabasi Órazbayeva Sadoqat