gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g`oliblari taqdirlandilar.

Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g`oliblari taqdirlandilar.

Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g'oliblari tuman maktabgacha va maktab bo'limi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar. G'olib o'quvchilarni taqdirlash marosimi bugun ertalab ertalabki saflanishda maktab ustozlar va yuqori sinf oʻquvchilari bilan o'tkazildi. Unda maktabimiz direktori ustoz Yo'ldosh aka Allayarov tabrik so'zlarini bildirdi. Tuman fan olimpiadasida g'olib boʻlgan o'quvchilar va ustozlarini e'tirof etib ular olqishlandi va olimpiada viloyat bosqichida tumanimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi. Bu o'quv yilida maktabimiz o'quvchilaridan 7 nafari g'oliblar safidan joy olishdi. Jumladan matematika fanidan 11-sinf o'quvchisi Ismoilov Og'abek Anvar o'g'li (8,9,10-sinf vaqtida ham tumanda tengsiz deb topilgan, o'qituvchisi Kenjayev Bahodir) , rus tili fani oʻqituvchisi Bazarboyeva Zulfiyaning o'quvchilari 10-sinf o'quvchisi Aminova Malika Shoxnazar qizi, 9-sinf o'quvchisi Jumaboyeva Fotima Jamshid qizi rus maktab o'quvchilaridanda yuqori ball toʻplab faxrli 1-o'rinni, 11-sinf o'quvchisi Jumaboyeva Mushtariy Bobur qizi 2-o'rinni egalladilar. Informatika fani oʻqituvchisi Matkarimov G'ulomjonning o'quvchisi Sobirova Xumoroy G'ulomjon qizi 1-o'rin, geografiya fani oʻqituvchisi Allaberganova Feruzaning o'quvchisi Xaytboyeva Oltinoy Xayrullo qizi 2-o'rin, matematika fani oʻqituvchisi Abdullayev Hamidjonning o'quvchisi Qurolova Zuhra Alisher qizi faxrli 2-o'rinni egallab tuman maktabgacha va maktab bo'limining 1,2-darajali diplomlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek yana 10 nafar atrofida o'quvchilar 4-,5- o'rinlarni egalladilar. Bu o'quvchilarimizga ham minnatdorchilik bildirildi. 24-noyabr kunidan boshlab asosiy fan olimpiadasi viloyat bosqichi boshlanadi. Dastlab 11-sinf o'quvchisi Ismoilov Og'abek ushbu bosqichda qatnashadi. Barcha o'quvchilarimiz asosiy fan olimpiadasi viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib g'oliblar safidan joy olishadi deb umid qilamiz.



Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Ноябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Июнь 2025 (1)
Май 2025 (1)
Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]