gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » URDUDA MATEMATIKA BO'YICHA AN'ANAVIY XOTIRA TURNIRI BO'LIB O'TDI.

URDUDA MATEMATIKA BO'YICHA AN'ANAVIY XOTIRA TURNIRI BO'LIB O'TDI.

2023-yil 5-may kuni Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha an'anaviy xotira turniri boʻlib oʻtdi. Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti)da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazildi. Ochilish marosimida Respublikamiz va xorijning taniqli matematik olimlari, faxriy ustozlar, olimning shogirdlari, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari, talabalari hamda turnirda qatnashish istagidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningek, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi A.Sa'dullayev, Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat universiteti Mexanika va matematika fakulteti "Oliy matematika" kafedrasi dotsenti Danilov Oleg Aleksandrovich hamda UrDU "Matematik injiniring" kafedrasi professori  K.Navruzovlar soʻzga chiqib, ustozni yodga oldilar. Hayoti, ilmiy-ijodiy izlanishlari, matematika sohasiga qoʻshgan hissasi va bugungi kunda olimning faoliyatini davom ettirib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega izdoshlarini eʼtirof etdilar. Bu esa turnir ishtirokilari bo'lgan maktab o'quvchilarida matematika faniga nisbatan yanada katta qiziqish uyg'otdi, deya olamiz. Shundan soʻng, URDU fizika-matematika fakulteti dekani Jumanazar Xujamov olimpiada ishtirokchilariga turnirning o‘tkazilish tartib –qoidalari boʻyicha tushuntirish berdi, barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda Fizika-matematika fakultetida jarayonlarga start berildi. Musobaqa 3 ta guruhda, A-guruhi 5 va 6-sinflar, B-guruhi 7 va 8-sinflar, C-guruhi 9 va 10-sinflar o`quvchilari o`rtasida o`tkazildi. Bu olimpiada aslida ikki bosqichda tashkil qilingan bo`lib, 1-saralash bosqichi olimp.urdu.uz platformasida onlayn tarzda o`tkazilgan edi, unda viloyatimizning 3000 ga yaqin umumiy o`rta ta'lim maktablari o`quvchilari ishtitok etishdi. Unda eng yuqori natija ko`rsatgan 118 nafar o`quvchi asosiy URDU da o`tkazilayotgan bosqichda ishtirok etishdi. Olimpiada ishtirokchilariga 5 ta olimpiada topshiriqlari berilib ularni bajarish uchun ikki soat va oq qog`ozga ko`chirish uchun qo`shimcha 20 minut vaqt berildi. O`quvchilar    topshiriqlarini bajarib bo`lishgach tushlikka taklif qilindi. Bayramona bezatilgan dasturxonga  osh (palov) tortildi. Keyinchalik o`quvchilar universitet bilan tanishdilar. Shu vaqt oralig`ida universitet domlalari va maktab o`qituvchilaridan tuzilgan hakamlar hay'ati o`quvchilar ishlarini baholab chiqishdi. Yuoqri uch o`rinni egallagan o`quvchilar diplom va qimmatbaho sovg`alar, 4-6-o`rinni egallagan o`quvchilar faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi, shuningdek, "Eng original yechim", qizlar o`rtasida "Ustoz e'tirofi" nominatsiyasi bo`yicha o`quvchilar faxriy yorlig`i, kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. G`olib o`quvchilarning ustozlari tashakkurnoma va maxsus sovg`alar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. Ushbu olimpiadani tashkil qilgan, o`tkazishda jonbozlik ko`rsatgan URDU rektori Bahrom Abdullayev, fizika-matematika fakulteti dekani Jumanazar Xujamov va shu fakultet ustozlar jamoasiga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
 Ushbu olimpiadada maktabimiz o`quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 
Jumladan,
A-guruhi
1-o'rin. Norimmatov Yashnarbek
I darajali diplom va qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlandi.
B-guruhi
Quyidagi o'quvchilar faxriy yorliqlar va sovg'alar bilan taqdirlandilar:
1. Ismoilov Og'abek;
2. Tursunboyev Doniyor;
3. Jumamuratova Shakira
C-guruhi
3-o'rin. Yangiboyev Bunyodbek
III darajali diplom va qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlandi.
Quyidagi o'quvchilar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar:
1. Rahimboyeva Shodiya;
2. Davlatboyev Azizbek
Shuningdek ustozlar ham tashakkurnoma va sovg'alar jamlanmasi  bilan taqdirlandik, ya'ni men va Hamidjon Abdullayev.

Quyida ushbu olimpiada jarayonidan fotolavhalar beriladi. 



Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]